O‘zbekiston | 16:58 / 04.06.2019
24939
2 daqiqa o‘qiladi

Mirziyoyev avtomobil sovg‘a qilgan talaba Xalq ta'limi vazirligida ish boshladi

Foto: Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi

O‘zbekiston Milliy universiteti, matematika fakultetining 4-kurs talabasi Sardor Bozorboyev Xalq ta'limi vazirligida yangi tashkil etilayotgan Fan olimpiadalari bo‘yicha iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash Departamentida ish boshladi. Bu haqda Xalq ta'limi vazirligi axborot xizmati xabar qilmoqda.

24 may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zMUda oliy ta'lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari, olimlar, yosh tadqiqotchilar bilan uchrashdi. Mazkur uchrashuvda S.Bozorboyev o‘z tajribasi, shuningdek, S.Sirojiddinov nomidagi akademik litseyi o‘quvchilarini xalqaro olimpiadaga tayyorgarlik jarayoni hamda Rossiyada bo‘lib o‘tgan tanlovlarda munosib ishtiroki xususida to‘xtalib o‘tgan edi.

Prezident Sardor Bozorboyevni Xalq ta'limi vazirligiga ishga olish bo‘yicha taklif berdi.

Xalq ta'limi vazirligida Sardor Bozorboyev Fan olimpiadalari bo‘yicha iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash Departamentida o‘z faoliyatini boshladi. Sardor Bozorboyev o‘z tajribasidan foydalanib, yoshlarni turli olimpiadalarga tayyorlaydi, deyiladi xabarda.

Bundan oldin, Shavkat Mirziyoyev Sardor Bozorboyevga avtomobil sovg‘a qilgani xabar berilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid