Shavkat Mirziyoyev O‘zMU talabasiga avtomobil sovg‘a qildi

Kecha, 24 may kuni prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zMUda oliy ta'lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari, olimlar, yosh tadqiqotchilar bilan uchrashdi.
Uchrashuvda O‘zMU matematika fakulteti 4-kurs talabasi Sardor Bozorboyev so‘zga chiqib, o‘z tajribasidan kelib chiqib, S.Sirojiddinov nomidagi akademik litseyi o‘quvchilarini matematika fanidan xalqaro olimpiadaga tayyorlayotgani, o‘quvchilari Rossiyada bo‘lib o‘tgan olimpiadalarda munosib ishtirok etgani haqida gapirib berdi.
Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi xabariga ko‘ra, prezident talabaning ishtiyoqi, tashabbuskorligi va vatan ravnaqi yo‘lidagi fidoyiligi uchun “O‘zavtosanoat” AJ boshqaruvi raisi Shavkat Umirzoqovga Sardor Bozorboyev uchun avtomobil ajratish bo‘yicha ko‘rsatma bergan.

Foto: Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi
Shavkat Mirziyoyev Xalq ta'limi vazirligiga talaba bilan hamkorlik qilish, o‘quvchilarni xalqaro olimpiadaga tayyorlashda uning tajribasidan foydalanish, mehnatlarini munosib rag‘batlantirib borishni tavsiya qildi.
Shuningdek, uchrashuvda Toshkent davlat texnika universiteti Mexanika fakulteti 1-bosqich magistranti Behzod To‘xtamurodov ham so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni o‘zi va uch nafar do‘stidan iborat jamoa tomonidan olib borilayotgan tadqiqot ishlari, xususan «UzDelta» 3D printer yaratish borasidagi loyihasi bilan tanishtirdi.
Prezident talabaning taqdimoti bilan tanishgach, “Asaka bank” boshqaruv raisi Nodirbek Saydullayevga talabaga o‘z loyihasini yakuniga yetkazish uchun zarur bo‘lgan 1 mlrd so‘m mablag‘ni ajratish yuzasidan ko‘rsatma berdi.
Tavsiya etamiz
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
Jonni xatarga qo‘yib... “Oshqozon”siz ozish orzusi haqida
Jamiyat | 17:46 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yil boshidan beri eng ko‘p qanday ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgani aytildi
O‘zbekiston | 08:54
-
Hindiston va O‘zbekiston harbiylari ishtirokida o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi
O‘zbekiston | 08:32
-
Rossiyadagi YTHda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi
Jahon | 08:20
-
Remontada bo‘lmadi. «Arsenal» «Real»ni tojdan mahrum etdi
Sport | 03:04
Mavzuga oid

20:59 / 16.04.2025
Har yili dekabrda «Prezident Olimpiadasi» o‘tkaziladi

20:21 / 16.04.2025
Shavkat Mirziyoyev Andijonda «Imkoniyatlar olami» markazi bilan tanishdi

16:53 / 16.04.2025
O‘zbekistondagi shaharga Bobur nomining berilishi Pokistonda olqishlandi

16:04 / 16.04.2025