O‘zbekistonda tibbiyot kollejlari o‘rnida Ibn Sino maktablari tashkil etiladi
Prezident ishtirokidagi yig‘ilishda O‘zbekistonda har 10 ming aholiga 23 nafar shifokor to‘g‘ri kelayotgani, mahalliy tibbiyot xodimlari ko‘nikmasini oshirishga e'tibor qaratilmayotgani, ixtisoslashgan markaz va hududiy muassasa o‘rtasida vertikal tizim shakllanmagani qayd etilib, tibbiy yordam sifati va ko‘lamini oshirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25 fevral kuni sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish, tibbiy xizmat sifatini oshirish bo‘yicha galdagi muhim vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.
«Davlatimiz rahbari faoliyatining ilk kunlaridan tinchlik va sog‘likni ta'minlashni ijtimoiy hayotimizning eng muhim yo‘nalishlari etib belgilagan edi. O‘tgan yillarda bu borada ulkan islohotlar amalga oshirildi.
2018 yil 7 dekabrdagi Prezident farmoniga muvofiq, 2019-2025 yillarda Sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish konsepsiyasi hamda tegishli dastur tasdiqlandi. Barcha hududlarda shifoxonalar bunyod etilib, zamonaviy jihozlanmoqda. Davlat muassasalari bilan bir qatorda xususiy tibbiyot yo‘nalishi ham jadal rivojlanmoqda. Davolash faoliyati turlari 50tadan 126taga ko‘paytirilib, qator imtiyozlar berilgani tufayli o‘tgan yili 634ta xususiy tibbiyot muassasasi tashkil etildi.
Odamlar eng ko‘p murojaat qiladigan shoshilinch va tez yordam yo‘nalishida markazlashgan yaxlit tizim yaratildi. Tez yordam brigadalarining soni 818tadan qariyb 2 mingtaga yetkazildi va aholiga yanada yaqinlashtirildi. Ixtisoslashgan avtomashinalar parki yangilandi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev shu yil yanvar oyida Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida sohadagi islohotlarni davom ettirib, tibbiy xizmat sifatini oshirish, xususiy tibbiyotni rivojlantirish, adolat va raqobatni ta'minlash bo‘yicha o‘z mulohazalarini bayon etgan edi.
Bugungi yig‘ilishda ushbu vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari muhokama qilindi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Avvalo, ixtisoslashgan tibbiy yordam sifati va ko‘lamini oshirish lozimligi ta'kidlandi.
Mamlakatda har 10 ming aholiga 23 nafar shifokor to‘g‘ri kelayotgani, mahalliy tibbiyot xodimlari ko‘nikmasini oshirishga e'tibor qaratilmayotgani, ixtisoslashgan markaz va hududiy muassasa o‘rtasida vertikal tizim shakllanmagani qayd etib o‘tilgan.
Davolanish uchun order berish tizimida ijtimoiy adolat ta'minlanmayotgani, bu jarayonda faqat davlat muassasalari ishtirok etishi raqobatni cheklayotgani ko‘rsatib o‘tilgan. Shu bois order berish tizimini takomillashtirish va ochiqligini ta'minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan.
Sog‘liqni saqlash sohasini moliyalashtirish tizimi tanqidiy tahlil etilgan. 20-30 foiz mablag‘ samarasiz sarflanayotgani ko‘rsatib o‘tilgan. O‘zbekistonda birlamchi tibbiy-sanitariya uchun ajratilayotgan mablag‘ ulushi 35-40 foizni tashkil etadi. Xorijda esa bu ko‘rsatkich 60 foizdan oshadi.
Davlat va xususiy tibbiyot uchun teng shart-sharoit, raqobat muhiti yaratilmagani, moliyalashtirishda elektron tizimning yo‘qligi mablag‘lar unumdorligini tahlil qilish imkonini bermayotganiga e'tibor qaratilgan.
Sohani moliyalashtirishni takomillashtirish, majburiy tibbiy sug‘urtaga oid qonunlar qabul qilib, uni bosqichma-bosqich joriy etish muhimligi aytilgan.
Kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish borasida ham kamchiliklar mavjudligi, masalan, faqat 12ta oliy ta'lim muassasasi uzluksiz kasbiy malaka oshirish huquqiga egaligi, hozirda 50 foiz shifokor malaka oshirish bilan qamrab olinmagani ta'kidlangan.
Shu bois mazkur tizimni qayta ko‘rib chiqib, bu boradagi qamrovni kengaytirish, malaka oshirish kurslarini Qoraqalpog‘iston va viloyatlar markazlarida tashkil etib, mutaxassislarga qulaylik yaratish bo‘yicha topshiriqlar berilgan.
«Eskicha uslubda qolib ketgan tibbiyot kollejlari o‘rnida Ibn Sino maktablari tashkil etib, dars va amaliyotni zamon talablari asosida o‘tish zarurligi ta'kidlandi.
Joylardagi sog‘liqni saqlash boshqarmalari byurokratik tuzilma bo‘lib qolgani, hududiy darajada kasalliklarni tahlil qilish bo‘yicha tizimli ishlar yo‘qligi ko‘rsatib o‘tildi. Tuman tibbiyot birlashmasi rahbari ayni paytda markaziy shifoxona bosh shifokori bo‘lgani sababli vaqti va mablag‘ning asosiy qismini kasalliklarni davolashga sarflamoqda.
Davlatimiz rahbari kasalliklar profilaktikasi masalasiga alohida e'tibor qaratib, boshqaruv idoralari ishini aynan shunga yo‘naltirish lozimligini ta'kidladi. Aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng qaror toptirish, to‘g‘ri ovqatlanish va piyoda yurishning salomatlikka foydasini targ‘ib etish muhimligi qayd etildi», deyiladi xabarda.
Yig‘ilishda soha mutasaddilari ushbu vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari yuzasidan taqdimot o‘tkazdi.
Tavsiya etamiz
Importga cheklovlar: mas’ul va faollar o‘rtasida qizg‘in tortishuv
O‘zbekiston | 22:40 / 08.04.2025
YeChLda chorakfinal. «Real» va «Arsenal» o‘yinida kim favorit?
Sport | 19:34 / 08.04.2025
Toshkentdagi qahvaxonada til bilan bog‘liq holat muhokamalarni keltirib chiqardi
O‘zbekiston | 23:03 / 07.04.2025
Xitoylik tadqiqotchilar Osiyoda yangi zilzilalar kuzatilishidan ogohlantirdi
Jahon | 21:46 / 06.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
JPMorgan: Trampning bojlarni ko‘rib chiqishi turg‘unlik xavfini kamaytirmadi
Jahon | 13:38
-
Malayziya O‘zbekistondan qayta ishlangan oziq-ovqat mahsulotlarini import qilishga qiziqish bildirmoqda
Iqtisodiyot | 13:31
-
Boosty servici deyarli 30 ga yaqin «chet el agenti»ning akkauntini blokladi
Jahon | 13:23
-
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00
Mavzuga oid

18:53 / 30.07.2024
Maktab o‘quvchilari va bog‘cha tarbiyalanuvchilarining to‘rtdan bir qismida turli kasalliklar aniqlandi

11:28 / 22.07.2024
Nikohlanuvchilar qanday tibbiy ko‘riklardan o‘tishi kerak?

17:25 / 20.07.2024
Dunyo bo‘ylab vabo tarqalish xavfi juda yuqori baholanmoqda

19:59 / 09.07.2024