AQŞning eng yirik banki JPMorgan Chase mamlakat iqtisodiyoti uçun salbiy prognozidan voz keçmadi va Donald Trampning bojlar joriy etişni keçiktiriş qarorini savdo uruşi «boşlanişining oxiri» deb atadi. Bu haqda 9 aprel, çorşanba kuni CNN telekanali bank iqtisodçilari hisobotiga tayanib xabar berdi.
JPMorgan tahlilçilari hali ham AQŞ va dunyoda retsessiya ehtimoli 60 foizni taşkil etişiga işonyapti. «Savdo va içki fiskal masalalarda davom etayotgan siyosiy betartiblik, şuningdek, fond bozorlaridagi katta yöqotişlar va işonçga zarba hisobga olingan holda, AQŞning retsessiyadan qoçişini kutiş qiyin bölib qolmoqda», — deya CNN bank ekspertlarining sözlaridan iqtibos keltirdi.
Şu bilan birga, bank Trampning dunyoning aksariyat davlatlari uçun tölaqonli bojxona tölovlarini joriy etişni keçiktiriş haqidagi qarorini ijobiy deb hisoblaydi. Avvalroq AQŞ prezidenti Trampning uşbu masala böyiça oldingi qaroriga javob çoralarini qöllamagan va öz jamoasi vakillari bilan «muloqot qilgan» 75 davlatga 90 kunlik muhlat e’lon qilgandi.
Biroq, Trampning 10 foizlik tarif çegarasini bu davlatlar uçun qoldirgani baribir «katta zarba» bölib, 2018-2019 yillardagi AQŞ-Xitoy savdo uruşi zarbasidan 7,5 baravar köp (uning taşabbuskori ham Donald Tramp edi). «Xitoyda tariflarning 125 foizga kötarilişi hayratlanarli», deb ta’kidladi bank.
«Biz işonamizki, AQŞ savdo uruşi hali tugamagan va bu faqat boşlanişining oxiri», deya xulosa qildi JPMorgan.

















