«Bu – erkinlikni cheklash». «Milliy tiklanish» va «Adolat» partiyalari tayyorlagan qonun loyihasi Yoshlar parlamentida tanqidga uchradi
Yosh parlamentariylarning fikricha, ushbu qonun loyihasi erkin demokratik jamiyatda fuqarolarning tinch namoyish o‘tkazish, hukumatning qaysidir qarorlariga qarshi chiqish, o‘z munosabatini erkin bildirish imkoniyatlarini yo‘qqa chiqaradi.

Foto: Oliy Majlis Senati axborot xizmati
Bugun, 24 fevral kuni Davlat boshqaruvi akademiyasida Senat huzuridagi Yoshlar parlamentining 2020 yil yakuniga bag‘ishlangan hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi.
Kun.uz muxbiri xabariga ko‘ra, yig‘ilish davomida Yoshlar parlamenti a'zolari «Milliy tiklanish» va «Adolat» partiyalari ishlab chiqqan Jinoyat kodeksi, Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks va «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi qonun loyihasi bo‘yicha tanqidiy munosabat bildirdi.
«Bir qator a'zolarimiz bilan muhokama qildik. Bu qonun loyihasi erkin demokratik jamiyatda fuqarolarning tinch namoyish o‘tkazish, hukumatning qaysidir qarorlariga qarshi chiqish, o‘z munosabatini erkin bildirish imkoniyatlarini yo‘qqa chiqaradi», dedi a'zolardan biri.
Yosh parlamentariylar tomonidan bildirilgan bu fikrga Senat raisi Tanzila Norboyeva ham o‘z munosabatini bildirdi. Unga ko‘ra, hali qonun loyihasi Senatga qonun shaklida yetib kelmagan. Ammo u yetib kelgan taqdirda ham so‘z va fikr erkinligiga qarshi bo‘lishi mumkin emas.
«Davlat rahbari jurnalist, blogerlarga va umuman hech kimga so‘z-fikr erkinligi uchun to‘siq qo‘ymoqchi emas. Bu huquq va erkinliklarga prezident doim xayrixoh. Jurnalist va blogerlarga hamma yo‘llar ochiq. Bu bo‘yicha barcha gap aytilgan, ortga qaytilmaydi.
Ha. Yana bir gap: prezident bu gaplarni o‘zidan-o‘zi ham aytmayapti. U xalqaro me'yorlarni, erkinliklarni bizga kiritishga harakat qilyapti. Shu gaplar aytilayotgan paytda qanday qilib erkinliklarni cheklovchi qonunni qabul qilishimiz mumkin?
Bu yerda qandaydir tushunmovchiliklar bordir», dedi Senat raisi.
Ma'lumot uchun, ushbu Qonun loyihasida axborot sohasidagi bir qator harakatlar uchun ma'muriy va jinoiy javobgarlik belgilash taklif etilgan.
Jumladan, Jinoyat kodeksining 244-moddasida:
- hokimiyat vakillarining qonuniy talablariga faollik bilan bo‘ysunmaslikka;
- ommaviy tartibsizlikka;
- fuqarolarga nisbatan zo‘ravonlik qilishga –
– ommaviy da'vat qilganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilash taklif etilmoqda.
Bu jinoyat uchun jarima yoki 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosini joriy etish ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga:
- fuqarolarni qonunchilik talablarini bajarmaslikka yoki buzishga ommaviy da'vat qilganlik;
- fuqarolarni qonunchilik talablarini bajarmaslikka yoki buzishga OAV, telekommunikatsiyalar tarmoqlari, internet, matnni nashr etish yoki boshqa shaklda ko‘paytirish turlaridan foydalangan holda ommaviy da'vat qilganlik uchun –
– BHMning 60 baravaridan 80 baravarigacha miqdorda jarima solishni nazarda tutuvchi norma (201-modda 1-qism) kiritilishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kiyev yana bir F-16 qulagani va uchuvchi halok bo‘lganini tasdiqladi
Jahon | 18:08
-
Tojikistonda zilzila vaqtida uch yoshli bola halok bo‘ldi
Jahon | 17:43
-
Amerikada yakkahukmronlik: demokratlar shunchalik zaifmi?
Jahon | 17:24
-
Tramp yil davomida 1 mln migrantni AQShdan deporatatsiya qilishni rejalashtirmoqda - WP
Jahon | 17:17
Mavzuga oid

10:41 / 05.03.2025
Korrupsiya muammosini jamoatchilikka olib chiqishda OAVning o‘rni ortmoqda - prezident

21:07 / 23.02.2025
“Tanqidlar og‘rig‘ini ichga yutaverib, xastalik orttirdim” – jurnalist Nozima Vohidova bilan suhbat

13:47 / 27.01.2025
Abdurahmon Tashanov o‘ziga bosimlar boshlanganini ma’lum qildi

13:30 / 24.01.2025