Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Asakada ochiq eshiklar kuni: “UzAuto Motors” korrupsiyaga qarshi kurashdagi natijalarini taqdim etdi
Foto: UzAuto Motors
“UzAuto Motors” AJning Asaka zavodida 9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan “Antikorrupsiya oyligi” doirasida ochiq eshiklar kuni tashkil etildi. Tadbirda Andijon viloyati Asaka tumani Adliya bo‘limi boshlig‘i I. Ergashev, tuman IIB jinoyat-qidiruv bo‘limi katta tezkor vakoli kapitan B. Sattarov, Andijon davlat Texnika instituti talabalari, Asaka mashinasozlik va transport texnikumi o‘quvchilari, dilerlik korxonalari rahbarlari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Tadbir avvalida “UzAuto Motors” AJ bosh direktori Yanosh Kovach kompaniyada korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar va jamiyatning bu boradagi pozitsiyasi haqida ma’lumot berdi. U xalqaro korrupsiya ko‘rsatkichlari, reytinglar va ularning ahamiyati, xususan, O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotiga kirish paytida bu reytinglardagi o‘rinni mustahkamlash muhimligini ta’kidladi. Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston global korrupsiyaga qarshi kurash reytingida 180 ta davlat orasida 121-o‘rinda joylashgan va 100 balli tizimda 32 ball to‘plagan.

Shundan so‘ng Komplayens xizmati bosh nazoratchisi Niyozbek Boymirzayev 2025 yilning 9 oyi bo‘yicha natijalari haqida taqdimot qildi. U kompaniyaning korrupsiyaga qarshi siyosatini va amalga oshirilgan ishlar samaradorligini bayon etdi. So‘nggi 3 yilda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan yuritiladigan reytingda 86 ball ijobiy natijaga erishilgan, shu davrda 8 ta siyosat, 4 ta tartib, 2 ta uslubiyat va 1 ta kodeks ishlab chiqilgan.

Shuningdek, 41 nafar komplayens xizmati xodimi huquqni muhofaza qilish akademiyasida onlayn o‘qitilib, sertifikat olgan, komplayens xizmati tomonidan 400 ga yaqin kontragent tashkilot tekshirilgan va ulardan 28 tasiga salbiy xulosa berilib, jarayon to‘xtatilgan. Xodimlarga korrupsiyaviy xatarlar tushuntirilgan va ular besh yo‘nalishda tahlil qilingan.

Tadbir davomida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, deklaratsiyalar, xabarnoma va reyestrlarni yuritish jarayonining to‘liq raqamlashtirilgani, xodimlar komplayens siyosati, uslubiyat va yo‘riqnomalar bo‘yicha muntazam o‘qitilishi ham ta’kidlandi. Kelasi yil sun’iy intellekt tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda, bu kontragentlarni aniqlash, korrupsion xavflarni kamaytirish va jarayonlarni to‘liq raqamlashtirishga xizmat qiladi.

Shuningdek, viloyat huquq-tartibot idoralari vakillari ham chiqish qilib, korrupsiyani kamaytirish, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish va me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish ishlari haqida ma’lumot berdi. Asaka tumani Adliya bo‘limi boshlig‘i I. Ergashev korrupsiyaga oid qonunchilik mazmuni va amaliy o‘zgarishlar haqida, ichki ishlar bo‘limi vakili yoshlarga korrupsiya turlari haqida tushuntirishlar berdi.

Tadbir yakunida qatnashchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mas’ullardan batafsil javob olishdi.
Facebook | Instagram | Web | Youtube
Reklama
Mavzuga oid
22:32 / 27.03.2026
Cobalt va Damas sotuvi pasaydi, Yuan Up’ga talab keskin oshgan. O‘zbekiston avtomobil bozori sharhi
10:55 / 21.11.2025
Cobalt uchun olingan har beshta shartnomaning faqat bittasiga to‘lov amalga oshirilgan
19:34 / 15.11.2025
«O‘zbekneftgaz» to‘lagan soliqlar 16 foizga, «UzAuto Motors»niki qariyb 43 foizga qisqardi
12:38 / 10.11.2025