Qishning eng uzoq kechasi - Yaldo tuni: u qayerlarda bayram qilinadi?
Bugun Yer kurrasining shimoliy yarimsharida eng uzun tun kuzatiladi - sutkaning qorong‘i qismi O‘zbekiston joylashgan kengliklarda 15 soatga yaqinlashadi. Qadimda O‘zbekiston hududida ham bu kun Yaldo kechasi sifatida bayram qilingan.
Astronomik nuqtayi nazardan qaralsa, Quyosh atrofida 365 sutka mobaynida to‘liq elleptik orbita bo‘ylab aylanuvchi Yer kurrasi qishda Quyoshga eng yaqin keladi. Ikki osmon jismi o‘rtasidagi masofa 147 mln kilometrgacha qisqaradi. Yerning Quyoshga eng yaqin keluvchi nuqtasi «perigeliy» deb ataladi.
Yer Quyoshga qanchalik yaqin kelar ekan, janubiy qutb shu qadar ko‘proq yoritiladi, janubiy yarimshar mamlakatlarida yoz boshlanadi.
Iyul oyida sayyoramiz Quyosh tizimining bosh yulduzidan maksimal darajada uzoqlashadi va masofaga 152 mln kilometrga yetadi. Quyoshdan eng uzoq nuqta «afeliy» deb ataladi. Shimoliy qismda yashovchi biz kabi davlatlarda yoz, Avstraliya va Janubiy Amerikada qish bo‘ladi.
Shuning uchun qishning oylari qisqaroq (fevral 28/29 kun), yoz oylari esa uzunroq (iyul va avgust 31 kundan).
Yozda biz yashaydigan kengliklarda eng uzoq kun turishi va qishda eng uzoq kun turishi hodisasi sodir bo‘ladi. Janubiy yarimsharda shuning teskarisi.
Shimoliy yarimsharda qishki kun turishi sanasiga odamlar qadimdan e’tibor qaratib kelishadi. Misol uchun, eramizgacha 45 yilda Yuliy Tsezar o‘zining yulian taqvimida Yevropa uchun 25 dekabrni qishki kun turishi sifatida belgilagan.
Bu taqvimda xatolik bor edi va bir asrda uch kunga adashardi. 1582 yilda qishki tur turishi sanasi 12 dekabrgacha siljib kelgan. Shunda Rim papasi Grigoriy XIII to‘plangan 10 kunlik xatoni bartaraf qilgan, biroq eramizning I–IV asrlarida to‘planib qolgan 3 kunlik xatoni hisobga olmagan. Bu tuzatish tufayli qishki kun turishini 22 dekabrgacha surilgan. Hisoblanishicha, Iso payg‘ambar aynan qishki kun turishi kunida tug‘ilgan. Hamon Iso Mavludi 25 dekabrda nishonlanadi. Hamon yulin taqvimi bilan hisob-kitob qiladigan pravoslavlar Mavludni yanvarda nishonlashi shundan.
Hanuzgacha grigoryan taqvimida kun turishi bir yoki ikki kunga tebranib turadi, uzoq muddatli istiqbolda har uch ming yilda 1 kunga surilishi mumkin.
Quyosh turishlari qadimdan, hattoki neolit davridan yillik siklning alohida ahamiyatga molik lahzasi bo‘lgan. Qadim zamonlardan hayvonlarning ko‘payishi, qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish va keyingi hosilgacha qish uchun mahsulotlar zaxira qilishni boshqaruvchi astronomik hodisalar turli asotirlar va an’analar qanday paydo bo‘lgani haqida tushuncha hosil qiladi.
Bundan Buyuk Britaniyadagi Stounhenj va Irlandiyadagi Nyugreynj kabi so‘nggi neolit va bronza asrini arxeologik yodgorliklarning tarxi guvohlik berib turibdi. Bu yodgorliklarning asosiy o‘qlari qishki kun turishi kuni quyosh chiqadigan (Nyugreynj) va kun botadigan (Stounhenj) tomonga moslangan.
Qishki kun turishi qadimgi odamlar kundalik turmushida shu qadar muhim ediki, ular qishdan eson-omon chiqib olish uchun avvalgi to‘qqiz oyda qishga puxta tayyorgarlik ko‘rishgan. O‘sha paytlarda qishda ocharchilik odatiy hodisa bo‘lgan, yanvardan aprelgacha ilik uzildi oylar hisoblangan. Mo‘’tadil iqlimda qish o‘rtasidagi festival og‘ir qish kunlari boshlanishidan avval so‘nggi bayram bo‘lgan. Chorvaning katta qismi bu paytda so‘yilgan, chunki qishda boqish uchun yem-xashak bo‘lmagan, shu sababli qishki kun turishi eng ko‘p yangi so‘yilgan go‘sht yeyiladigan yagona davr bo‘lgan.
Eron va Turon xalqlari qadimdan Yaldo kunini bayram qilib kelishgan. Bugungi kunda Eron, Afg‘oniston, Tojikiston va Ozarboyjonda bayram qilinadi.
Sosoniylar imperiyasi qulagach, Islom diniy tarqalgach bu bayramning ahamiyati tobora kamayib bormoqda va Yaldo tuni zardushtiylarga xos oilaviy bayramga aylangan.
Yaldo kechasi yoki Chilla kechasi Eronning eng qadimiy bayramlaridan biridir. Yaldo so‘zi suryoniy tilida tug‘ilish ma’nosidagi so‘zdan olingan. Ushbu so‘zning nomi Yaldo kechasi va qishning birinchi kunida quyosh chiqqandan keyin kechaning davomiyligi asta-sekin qisqarganligi va kunlarning davomiyligi uzoqroq bo‘lganligi bilan bog‘liq bo‘lib, ma’lum ma’noda yer qayta tiklanadi. Bu kechaning Chilla kechasi deb atalishiga sabab, qishning birinchi qirq kuni «Buyuk Chilla» va undan keyingi yigirma kuni «Kichik Chilla» deb nomlanadi. Ilgari, qishki sovuqning eng yuqori nuqtasi Katta Chillada ro‘y berishiga ishonishgan.
Yaldoning tarixi juda uzoq vaqtlarga to‘g‘ri keladi, ammo aynan qachonga tegishli ekanligi aniq emas. Ko‘plab arxeologlar Yaldoning tarixi bundan 7 ming yil oldingi davrlarga borib taqalishini taxmin qilishgan.
Ammo mutaxassislarning fikriga ko‘ra, Yaldo kechasi deb nomlanuvchi narsa miloddan avvalgi 500-yil va uning Doro I davrida qadimgi forslarning rasmiy taqvimiga kiritilgan sanasi bilan bog‘liq.
Yaldo kechasi ko‘plab tarixiy kitoblarda ham tilga olingan. Buyuk olim va taqvimshunos bobomiz Abu Rayhon Beruniy Yaldo kechasini Milodi Akbar deb eslagan va uni quyoshning tug‘ilishi deb nomlagan.
Forsiyzabon davlatlarda qadimdan bu tunni oila davrasida o‘tkazish, yeb-ichib, Hofiz Sheroziyning g‘azallaridan o‘qish, Firdavsiyning «Shohnoma» asarini yarim tungacha o‘qish odat tusiga kirgan. Meva va yong‘oqlar iste’mol qilinadi. Ayniqsa anor va tarvuzga katta e’tibor beriladi. Chunki bu ne’matlarning qizil rangi tonggi shafaqqa demakki, hayot yog‘dusiga qiyoslanadi.
Shuhrat Shokirjonov tayyorladi.
Mavzuga oid
22:17 / 17.10.2024
Konstitutsiya kuni bayramini nishonlash bo‘yicha prezident farmoyishi imzolandi
07:07 / 31.08.2024
Toshkentdagi qaysi istirohat bog‘larida bayram tadbirlari o‘tkazilishi aytildi
14:39 / 28.08.2024
Mustaqillik bayrami munosabati bilan sentabr oyi pensiyasi oldindan to‘lab beriladi
11:58 / 28.08.2024