Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iqtidorli yosh xotin-qizlarni aniqlash bo‘yicha yangi mexanizm joriy etiladi
Vazirlar Mahkamasining “Iqtidorli yosh xotin-qizlarni aniqlash, ularning qobiliyatlarini to‘g‘ri yo‘naltirish va rahbarlik lavozimlariga tavsiya etish tizimining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Foto: Jamshid Norqobilov/ O‘zA
Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Maktabgacha ta'lim vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, Yoshlar ishlari agentligining 2022 yildan boshlab iqtidorli yosh xotin-qizlarni aniqlash, ularning qobiliyatlarini to‘g‘ri yo‘naltirish bo‘yicha “Oila – mahalla – maktabgacha ta'lim – o‘rta ta'lim– o‘rta maxsus ta'lim – oliy ta'lim” hamkorlik mexanizmlarini joriy etish haqidagi takliflari ma'qullanadi.
Quyidagilarni nazarda tutuvchi:
a) Iqtidorli yosh xotin-qizlarni aniqlash, ularning qobiliyatlarini to‘g‘ri yo‘naltirish va rahbarlik lavozimlariga tavsiya etish tartibi to‘g‘risidagi nizom:
- mahallalar va ta'lim muassasalarida iqtidorli yosh xotin-qizlarni aniqlash tartibi;
- iqtidorli yosh xotin-qizlarning iqtidor va qobiliyatlari, qiziqishlarini to‘g‘ri yo‘naltirish va ro‘yobga chiqarish tartibi;
- iqtidorli yosh xotin-qizlarni rahbarlik lavozimlariga tavsiya etish tartibi;
b) Iqtidorli yosh xotin-qizlarni aniqlash, ularning qobiliyatlarini to‘g‘ri yo‘naltirish va rahbarlik lavozimlariga tayyorlashni tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlanadi.
Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan mutasaddi vazirlik va idoralar bilan birgalikda iqtidorli yosh xotin-qizlarni rahbarlik lavozimlariga tayyorlash va tavsiya etish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Respublika va hududiy xotin-qizlar jamoatchilik kengashlari, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining respublikada har yili mart oyining birinchi haftaligini “Xotin-qizlarni e'zozlash haftaligi” deb e'lon qilish, vazirlik va idoralar, xo‘jalik birlashmalari va ta'lim muassasalarida xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashlarini tashkil etish haqidagi takliflari ma'qullanadi.
Belgilab qo‘yilishicha:
- “Xotin-qizlarni e'zozlash haftaligi” har yili ishlab chiqilgan dasturlar va rejalar asosida barcha vazirlik va idoralarda, xo‘jalik birlashmalarida, mahallalarda, ayniqsa olis va chekka hududlardagi fuqarolar yig‘inlarida keng nishonlanadi;
- vazirlik va idoralar, xo‘jalik birlashmalari va ta'lim muassasalarida xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashlarining raislari jamoatchilik asosida birinchi rahbarlarning xotin-qizlar bo‘yicha maslahatchilari hisoblanadi.
Mavzuga oid
09:35 / 01.04.2026
Mobil tariflarga yangi talablar joriy etilishi mumkin
08:11 / 18.03.2026
Bitiruvchilar uchun 3 yil ishlab berish talabi bekor qilinishi mumkin
11:59 / 17.12.2025
Dala chetlaridan foydalangan fermerlarga soliq imtiyozlari beriladi
14:39 / 22.10.2025