Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdagi do‘kon va restoranlar 23:00dan keyin ishlash uchun ruxsatnoma sotib olishi mumkin bo‘ladi
Toshkentdagi do‘kon va restoranlar alohida ruxsatnoma bilan soat 23:00dan keyin ham ishlashi mumkin bo‘ladi. Bu haqda prezidentning « Toshkent shahrida boshqaruvning alohida tartibini joriy etish bo‘yicha huquqiy eksperiment to‘g‘risida»gi farmoni ilovasida aytilgan.
Hujjat bilan shahar boshqaruv tizimini tubdan isloh qilish bo‘yicha 32 banddan iborat «Yo‘l xaritasi» tasdiqlanmoqda.
Bandlardan birida soat 23:00dan keyin umumiy ovqatlanish va savdo nuqtalariga ishlash huquqini beruvchi ruxsatnoma olish tartibini joriy etishni nazarda tutilgan.
Ruxsatnoma alohida bir oylik to‘lov evaziga beriladi.
15 oktabrga qadar bunday ruxsatnoma berish tartibini joriy etishni nazarda tutadigan hujjat qabul qilinadi.
Mavzuga oid
23:15 / 11.01.2026
12 yanvar kuni Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda transport harakati vaqtinchalik cheklanadi
18:27 / 10.01.2026
Toshkentda kattalar uchun hospis ochiladi
13:53 / 10.01.2026
Toshkentda tungi reyd: avtomashina yo‘lovchisidan shubhali modda topildi
12:00 / 10.01.2026