Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda kuchli ta’sir qiluvchi dorilarning noqonuniy savdosi fosh etildi
Bosh prokuratura huzuridagi Departament bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda Shayxontohur va Uchtepa tumanlarida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini sotish maqsadida saqlab kelgan fuqarolar aniqlanib, jami 12 665 dona dori vositasi ashyoviy dalil sifatida olindi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangihayot tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan fuqaro D.U. fosh etildi.
Ma’lum qilinishicha, fuqaro D.U. Shayxontohur tumanidagi Uchlola ko‘chasida joylashgan xonadonda Nervismart nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasining 12 600 donasini sotish maqsadida saqlab kelayotgani aniqlangan. Mazkur dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shuningdek, Departamentning Uchtepa tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.A. Uchtepa tumani Beshqayrag‘och ko‘chasidagi xonadonda 65 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini sotish maqsadida saqlab kelayotgani ma’lum bo‘lgan. Ushbu vositalar ham ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.
Qayd etilishicha, mazkur holatlar yuzasidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
17:57 / 04.07.2026
Toshkentda yangi tipdagi maktablar quriladi: sportzal va oshxona yerto‘lada bo‘ladi
17:37 / 04.07.2026
Sergelida kanalizatsiya inshooti atrofidagi sassiq hid bartaraf etiladi
17:03 / 04.07.2026