O‘zbekiston | 23:58 / 03.05.2020
11170
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonni 2020-2030 yillarda elektr energiyasi bilan ta'minlash konsepsiyasi qabul qilindi

Ushbu strategiya xalqaro ekspertlar ishtirokida ishlab chiqilgan bo‘lib, sohani tubdan isloh qilishga yo‘naltirilgan. 

Foto: Shutterstock

“2020-2030 yillarda O‘zbekiston Respublikasini elektr energiya bilan ta'minlash konsepsiyasi” qabul qilindi. Bu haqda Kun.uz’ga Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu strategiya xalqaro ekspertlar ishtirokida ishlab chiqilgan bo‘lib, sohani tubdan isloh qilishga yo‘naltirilgan. 

Strategiya 2020 yildan 2030 yilgacha bo‘lgan davrga o‘rta muddatli va uzoq muddatli  maqsadlarni belgilaydi hamda doimiy tahlil asosida zaruriyatga ko‘ra tahlil qilinadi. 

Qayd etilishicha, hujjatning strategik maqsadi – O‘zbekiston aholisini va iqtisodiyotini raqobatbardosh narxlar asosida elektr energiya bilan ta'minlash, eng yaxshi jahon amaliyotlari va jahon elektr energetikasidagi zamonaviy tendensiyalarni qamrab oluvchi munozanatlangan energetika sektorini rivojlantirish. 

Mavzuga oid