Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin telefon orqali muloqot qildi
Prezidentlar O‘zbekistonda boshlangan AES qurilishi, Yaqin Sharq va Ukrainadagi urushlar hamda boshqa masalalarni muhokama qildi.
Matbuot xizmatlari e’lon qilgan arxiv suratlar
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24 mart kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi.
O‘zbekiston – Rossiya keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarining oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish doirasida yanada rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.
Savdo-iqtisodiy hamkorlik jadal rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. O‘tgan yil yakunlariga ko‘ra, tovar ayirboshlash hajmi 10 foizga o‘sib, 13 milliard dollarga yetdi, joriy yil boshidan esa yana 32 foizga ko‘paydi.
Sanoat, energetika, transport va iqtisodiyotning boshqa ustuvor tarmoqlarida yirik kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish davom etmoqda.
O‘zbekistonda birinchi atom elektr stansiyasini qurish loyihasini ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.
Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiyaning samarali faoliyatiga yuksak baho berildi.
Tomonlar kooperatsiyaning yangi shakl va loyihalarini ilgari surish uchun samarali maydonga aylangan “INNOPROM Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasining navbatdagisini joriy yil aprel oyida Toshkent shahrida o‘tkazishga faol tayyorgarlik ko‘rayotgani ta’kidlandi.
Xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar, shu jumladan, Yaqin Sharq, Janubiy Osiyo va Ukrainadagi vaziyat yuzasidan fikr almashildi.
Bo‘lajak tadbirlar rejasi ham muhokama qilindi.
Mavzuga oid
22:05 / 04.04.2026
Shavkat Mirziyoyev geologiya sohasi xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi
17:56 / 04.04.2026
Rossiyada naqdsiz to‘lovlarda ommaviy uzilish kuzatildi. Bu VPN'larni bloklashga urinish bilan bog‘lanmoqda
09:50 / 04.04.2026
Ukrainaga kuchli zarbalar: qurbonlar soni kamida o‘n kishiga yetdi
10:35 / 03.04.2026