O‘zbekiston | 15:27 / 08.08.2018
7589
1 daqiqa o‘qiladi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi madaniyat vaziri tayinlandi

Foto: Karinform

 Qalbay Turdiyev Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vaziri etib tayinlandi. Bu haqda Karinform xabar bermoqda.

Qalbay Turdiyev 1964 yil Chimboy tumanida tug‘ilgan. Toshkent madaniyat institutini tamomlagan.

U shu kunga qadar Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqiy teatri direktori lavozimida faoliyat olib borayotgan edi.
Ko‘p yillar davomida madaniyat sohasida rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Ma'lumot uchun, shu kunga qadar Madaniyat vaziri lavozimida ishlagan Po‘lat Aytmuratov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Yosh tomoshabinlar teatri direktori lavozimiga tayinlangan.

Mavzuga oid