Boş vazir örinbosari Sardor Umrzoqov OAVga bergan intervyusida tizimli muammolar saqlanib qolayotgani haqidagi savolga javob berdi.
“Tadbirkorlarning bir martalik muammolarini yeçiş bilan ovora bölib, qilayotgan işimizni faqat şunga yönaltirsak, bu muammolar heç qaçon tugamaydi. Bu kiçik muammolar ortida tizimli muammolar yotibdi. Tizimli masalalar juda köp. Özimizga xulosa qilyapmiz. Özbekistonda juda köp islohotlar qilindi, lekin masalan ma’muriy islohot hali qilinmadi, bunga juda katta ehtiyoj bor.
Davlat xizmati islohotini ham davom ettirib, mazmun jihatdan yakuniga yetkazişimiz kerak. Mana şuning özi – juda köp masalalarning yeçimi.
Uçinçidan, bizdagi qoğozbozlik tizimi. Biz köproq inson omilini bartaraf etib, elektron şaklda davlat yoki hukumat va fuqaro örtasidagi munosabatlarni yangi formatga olib çiqişimiz kerak. Inson omili qança köp bölsa, fuqarolar ma’lumotnoma yoki ruxsatnoma kabi hujjatlarni olişda davlat xizmatçilari bilan qança köp yuzma-yuz keladigan bölsa, bu – köproq muammo va byurokratiya, afsuski, korrupsiya holatlariga olib kelişi mumkin. Şuning uçun mana şu yönaliş böyiça ham işlaş kerak”, – ta’kidladi Umrzoqov.
Eslatib ötamiz, davlat işiga kirişda oçiq tanlov va mansab poğonalaridan kötarilişda meritokratiyani belgilovçi “Davlat fuqarolik xizmati töğrisida”gi qonun loyihasi 2021 yil 1 sentabrgaça işlab çiqilişi belgilangan.
Töxtab qolgan davlat xizmati islohoti uçun yangi muddat belgilandi

Hukumat a’zosi yaşirin iqtisodiyot masalasiga ham töxtaldi.
“Xufiyona iqtisodiyot bilan kuraşiş degan gapimiz bor. Menga qöyib bersangiz, u bilan kuraşiş kerak emas. Agar tadbirkor haqiqatan xufiyona iqtisodiyotga ötib ketayotgan bölsa, demak, hukumat sifatida bizning vazifamiz – buning sabablarini çuqur örganib, tadbirkorlarga xufiyona işlagandan köra rasmiy formatda işlaş manfaatliroq bölişini ta’minlab beriş bölişi kerak.
Biz faqatgina çora köriş, jazolaş bilan, qöpol bölsa ham aytaman, 25 yil vaqtimiz ötib ketdi. Lekin heç qanday ijobiy natijaga erişmadik. Bu borada dunyoqaraşimizni ham özgartirişimiz kerakligini bora-bora tuşunyapmiz”, – dedi boş vazir örinbosari.










