Özbekistonda korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça 2021-2022 yillarga möljallangan davlat dasturi loyihasi e’lon qilindi.
Unga köra, 2021 yil 1 sentabrgaça “Davlat fuqarolik xizmati töğrisida”gi qonun loyihasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi. Unda quyidagilar nazarda tutiladi:
- davlat fuqarolik xizmatiga oçiq tanlov asosida işga qabul qiliş;
- xodimlarning kasbga oid fazilatlari va alohida xizmatlari (meritokratiya tamoyili) asosida xizmat poğonalarida kötarilişining şaffof mexanizmlarini joriy etiş.
Davlat hokimiyati va boşqaruvi organlari, davlat unitar korxonalari va muassasalari, davlat uluşi 50 foizdan yuqori taşkilotlarda işga qabul qilişni oçiq tanlov asosida amalga oşiriş tartibi 2021 yil 1 sentabrdan boşlab joriy etilişi kutilmoqda.
Bundan taşqari, davlat organlari va taşkilotlarida kadrlar bilan işlaş, xöjalik işlari, moliya-iqtisod bölinmalari va nazorat funksiyasiga ega tuzilmalar rahbarlarini muayyan muddatda rotatsiya qiliş hamda suiiste’molçiliklarning oldini oliş böyiça qöşimça mexanizmlar yaratiladi. Tegişli takliflar 2 oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.
1 sentabrgaça Davlat xizmatçilarining odob-axloq kodeksi işlab çiqilib, parlament palatalarining qöşma qarori bilan tasdiqlanadi.
Mehnat kodeksi va boşqa qonunlarga davlat xizmatiga qabul qilişda qarindoş-uruğçilik va boşqa suiiste’molçiliklarning oldini olişga qaratilgan normalarni kiritiş reja qilinmoqda.
Eslatib ötamiz, Özbekistonda davlat xizmati islohoti 2019 yilda boşlangan, ammo keyinroq bu boradagi vazifalar kun tartibidan tuşib qolgandi.
2019 yilda Prezident huzurida Davlat xizmatini rivojlantiriş agentligi tuzilgan edi. Tegişli












