Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namanganda qiymati 27 million dollarga teng sement zavodi ishga tushadi
Namanganda qiymati 27,8 million AQSh dollariga teng sement zavodi ishga tushadi. U yiliga 300 ming tonna sement ishlab chiqarishi kutilmoqda.
Foto: O‘zqurilishmateriallari
Namangan viloyatining Pop tumanida «Pop sement» MChJ tomonidan yangi sement zavodi ishga tushirilishi kutilmoqda. Bu haqda «O‘zqurilishmateriallari» uyushmasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Xabarlarga ko‘ra, Namanganning Pop tumanida yiliga 300 ming tonna sement ishlab chiqarishga ixtisoslashgan zavod barpo etildi. Loyihaning umumiy qiymati 27,8 mln dollarni tashkil etib, uni qurish ishlariga 21 mln dollarlik xorijiy investitsiyalar jalb qilingan.

«Loyihani amalga oshirish uchun qurilish ishlari 2018 yilning mart oyida boshlangan, hozirgi kunga qadar sement zavodining barcha uskunalari to‘liq olib kelinib, o‘rnatilgan. Zavodda so‘nggi montaj ishlari olib borilmoqda. Texnologik uskunalar Xitoy davlatidagi hamkori «Nanjing s-hope cement engineering group» tomonidan ta'minlangan. Ayni kunga qadar 21 mln AQSh dollari miqdorida xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilgan. Jamiyat o‘zining xomashyo bazasi, ya'ni konlariga ega. Yangi quvvatni ishga tushirish bilan 300 nafar poplik yoshlar ish bilan ta'minlanadi. Hozirda uskunalarni ishlab chiqarishga tayyorlash, sinov jarayonlari amalga oshirilmoqda. Tez kunda Namangan viloyatida yangi sement zavodi foydalanishga topshiriladi»,- deyiladi rasmiy xabarda.
Avvalroq, «O‘zqurilishmateriallari» uyushmasi 2021 yilda 11ta sement zavodi ishga tushirilishi haqida xabar bergandi. Joriy yilda sement ishlab chiqarish 16,4 mln tonnaga yetishi prognoz qilingan edi.
2021 yilning dastlabki to‘rt oyida esa 1 million tonna sement import qilingan. O‘zbekistonda yilning birinchi choragida 2,2 million tonna sement ishlab chiqarildi.
Mavzuga oid
02:11 / 06.12.2025
O‘zbekistonda yer qimirladi
13:34 / 26.11.2025
Namanganda Onix urib ketishi oqibatida yana bir YPX xodimi halok bo‘ldi
12:22 / 18.11.2025
Ichki bozorda mahalliy sement ulushi oshgani sabab import kamaydi
15:32 / 13.11.2025