Yangi Toshkent direksiyasi rahbari 350 mlrd so‘mlik buyurtmani qarindoshiga tegishli kompaniyaga bergan bo‘lishi mumkin
Yangi O‘zbekiston ko‘chasi va 4R12 magistral yo‘llar kesishuvida yo‘l o‘tkazgich qurish uchun bosh pudratchi tender o‘tkazmasdan tanlab olindi. Tanlangan quruvchi kompaniya davlat buyurtmachisining rahbariga yaqin qarindosh bo‘lishi mumkin.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi ushbu yo‘l o‘tkazgich qurilishi bo‘yicha Gold Step Invest kompaniyasi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma tuzdi. Direksiyaga Yangi Toshkent shahrini qurish doirasida shartnomalarni tendersiz tuzish huquqi berilgan.
Shartnomaning boshlang‘ich qiymati – 350 mlrd so‘m (28,3 mln dollardan ortiq). 6 dekabr kuni imzolangan hujjat davlat xaridlari portaliga 27 dekabr kuni joylandi.
Telegram'dagi “Revizor” kanalining e’tibor qaratishicha, bu yirik davlat xaridida manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yilayotgan bo‘lishi mumkin.

Gap shundaki, Yangi Toshkentni barpo etish direksiyasi direktori Odilov Davronjon Qobiljonovich bo‘lib (bir vaqtning o‘zida qurilish vaziri o‘rinbosari ham hisoblanadi), u Qurilish vazirligida faoliyat boshlashidan oldin aynan “Gold Step Invest” MChJda direktor o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.
Qolaversa, korxona va tashkilotlar reyestriga ko‘ra, ayni paytda bu korxonaning 50 foizlik ulushiga Odilov Qobiljon Frazilovich egalik qiladi. Uning familiyasi va ismi davlat buyurtmachisining familiyasi va ota ismi bilan bir xil.
Kun.uz ular haqiqatan ham qarindosh ekani yoki unday emasligiga aniqlik kiritishni so‘rab, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmatiga murojaat qildi. Vazirlikdan javob bo‘lgan taqdirda saytda qo‘shimcha e’lon qilinadi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Kun.uz'ga holat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilayotganini bildirdi.
Ma’lumot uchun, bu yo‘l o‘tkazgich kelajakda Yangi Toshkent shahriga olib boradigan asosiy yo‘lda joylashgan. Bu yerda 1 ta ko‘prik, 3 ta tunnel, 4 tadan aylanma va qo‘shimcha yo‘llar barpo etiladi.
Eslatib o‘tamiz, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi 2022 yil oktyabr oyida “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida” qonun qabul qilgan, Senat uni 2023 yil 1 iyunda ma’qullagan edi. Shundan keyin bu hujjat borasida boshqa xabar berilmadi.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya va Ukraina bir-biriga dronlar bilan hujum qildi
Jahon | 12:26
-
Toshkentning ayrim hududlarida 4 kun davomida elektr energiyasida uzilishlar kuzatiladi
Jamiyat | 11:56
-
Moped va skuter haydovchilari uchun guvohnoma talab qilish muddati 1 oktyabrgacha uzaytirildi
O‘zbekiston | 11:41
-
Xitoy Buxoroda "aqlli" shahar infratuzilmasini yaratishda qatnashadi
O‘zbekiston | 11:40
Mavzuga oid

19:28 / 17.03.2025
Yangi Toshkent shahri uchun Toshkent viloyatidan yana qo‘shimcha yer ajratildi

16:30 / 13.03.2025
Toshkentga tramvayni qaytarish bo‘yicha yana bir “yo‘l xaritasi” imzolandi

11:20 / 04.03.2025
Yangi Toshkent qurilishiga ishga kirish bo‘yicha Telegram’da bot ishga tushdi

18:38 / 03.03.2025