Mazkur qonun Prezident Farmonida nazarda tutilgan topşiriq ijrosi yuzasidan Adliya vazirligi tomonidan işlab çiqilgan.

Özbekistonning xalqaro indekslardagi holatlari tahlil qilinganda, “Jahon odil sudlov loyihasi” taşkilotining 2022 yildagi Huquq ustuvorligi indeksida “Korrupsiyadan xolilik” indikatori böyiça Özbekiston 66-örinni egallagan va bu körsatkiç bilan 4 bandga yuqoriladi.

“Transparency International” taşkilotining Korrupsiyani qabul qiliş indeksida ham asosiy körsatkiçlardan biri aynan manfaatlar töqnaşuvining oldini olişga qaratilgan qonunlar mavjudligi va ularga amal qilinişidir. Uşbu indeksda Özbekiston 2022 yil yakunlari böyiça 180 ta mamlakat içida 126-örinni egalladi

Qonun bilan davlat taşkilotlarida manfaatlar töqnaşuvi vaziyatlari töğrisida xabar beriş va tartibga soliş natijasida “xolis qaror qabul qiliş madaniyati” şakllanişiga xizmat qiladi.

Öz navbatida, qonun bilan “manfaatlar töqnaşuvi” tuşunçasiga aniq ta’rif berilib, uşbu vaziyat kimlar örtasida va qaçon vujudga kelişi mumkinligi aniq belgilanmoqda.

Manfaatlar töqnaşuvi – davlat taşkiloti xodimining, uning yaqin qarindoşlarining va unga aloqador şaxslarning şaxsiy manfaatlari bilan fuqarolarning, taşkilotning yoki davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlari örtasida qarama-qarşilik yuzaga kelgan va kelayotgan (mavjud manfaatlar töqnaşuvi) yoxud yuzaga kelişi mumkin bölgan (taxmin qilinayotgan manfaatlar töqnaşuvi) vaziyat.

Davlat taşkiloti xodimlari, ularning yaqin qarindoşlari va ularga aloqador şaxslarning manfaatlar töqnaşuvining oldini oliş sohasidagi huquq va majburiyatlari belgilanmoqda;

Manfaatlar töqnaşuvining oldini oliş maqsadida davlat taşkiloti xodimlariga bir qator çeklovlar belgilanmoqda. Masalan:

– özi işlayotgan davlat taşkiloti nazorat qiladigan tijorat taşkilotlarida uluşga özi yoki yaqin qarindoşlari egalik qilişi;

– tijorat taşkilotlarining ta’sisçisi (aksiyadori, iştirokçisi) böliş, bundan aksiyadorlik jamiyatlarining ommaviy muomalada bölgan 10 foizigaça aksiyalariga egalik qiliş mustasno;

– özi işlayotgan davlat taşkilotida özining, yaqin qarindoşlari yoki unga aloqador şaxslarga taalluqli işlarni körib çiqişda vakil sifatida iştirok etiş;