Vazirlik matbuot xizmatining tayinlov haqidagi xabarida vazir örinbosarining tarjimai holi keltirilmagan.

Oçiq manbalarda Odilovning davlat idoralaridagi faoliyati xususida ma'lumot yöq. Şunisi ma'lumki, u bungaça Toşkent şahrining Yunusobod tumanidagi «Gold Step Invest» MÇJ direktorining quriliş böyiça örinbosari bölib işlagan.
«Gold Step Invest» MÇJ 2003 yilda taşkil etilgan bölib, internetdagi ma'lumotlarga köra, tadbirkor Davronjon Odilov uning asosçilaridan biri hisoblanadi.
Kompaniya şu paytgaça Toşkent otçopari, Respublika olimpiya zaxiralari kolleji, «Humson Buloq» soğlomlaştiriş markazi, «Shedevr», «Novyy vek», «Megapolis» turarjoy majmualari, Buxoro şahridagi 300 örinli perinatal markaz, Respublika pediatriya markazi, «Arktika Bottlers» va «Marvin Brands» zavodlari, Toşkent şahrida Milliy gvardiya harbiy xizmatçilari uçun uylar va Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi IT-maktabning qurilişi, qayta qurilişida iştirok etgan.
Bundan taşqari, Sardobadagi toşqindan söng, «Gold Step Invest»ga Sirdaryo viloyatidagi Döstlik mahallasida 37 ta köp qavatli uy quriş topşirilgan. Odilov 2020 yil avgustda prezident farmoni bilan «Döstlik» ordeni bilan taqdirlangan.
Eslatib ötamiz, 2019 yil sentyabridan buyon quriliş vazirining birinçi örinbosari vazifasida işlab kelayotgan Şerzod Hidoyatov 14 yanvar kuni uy-joy kommunal xizmat körsatiş vaziri etib tayinlandi.
Quriliş vazirligi 2018 yil aprelida taşkil etilgandi. Öşanda vazirlikka Olmazor tumani hokimi bölib turgan Abduqahhor Töxtayev (2005–2011 yillarda Toşkent şahri hokimi bölgan) yangi rahbar etib tayinlangandi











