Davlat rahbari Toşkent şahrida Yangi Özbekiston köçasi va 4R12 magistral yöli kesişuvida quriladigan yöl ötkazgiç loyihasi bilan tanişdi.
Sönggi yillarda bu ikki yölda qatnov ortdi. Böstonliq va Parkent tumanlariga borayotgan sayyohlar soni ham avvalgi yillarga qaraganda bir neça barobar köpaydi, hali yana oşadi. Şuningdek, bu kesişma kelajakda Yangi Toşkent şahriga olib boradigan asosiy yöl böladi.

Şularni inobatga olib, bu kesişmada transport boğlamasi quriş möljallangan. Loyihaga köra, bu yerda 1 ta köprik, 3 ta tunnel, 4 tadan aylanma va qöşimça yöllar barpo etiladi. Bularning evaziga çorraha bironta ham svetoforsiz - “yaşil çorraha” böladi. Bu qulaylik natijasida haydovçi va yölovçilarning vaqti hozirgiga nisbatan 20-30 daqiqaga tejaladi, harakat xavfsizligi oşadi.
Prezident “Döstlik - Qöyliq” yerusti metrosi tagida qurilayotgan savdo va xizmat körsatiş şoxobçalarini ham közdan keçirdi. Loyiha doirasida bu yerda 36 ta savdo va xizmat körsatiş şoxobçasi, sport va bolalar maydonçalari, avtoturargohlar barpo etiladi.
Mutasaddilarga bu yerda xavfsizlik çoralari va nazoratini ta’minlaş, Toşkent şahrida xizmatlar sohasini rivojlantiriş böyiça körsatmalar berildi.













