Sport | 09:00 / 15.10.2017
10005
2 daqiqa o‘qiladi

«Borussiya» Dortmund to‘xtatildi (Bundesliga turnir jadvali)

Foto: Bundesliga

Bundesliganing 8-turi doirasida Dortmundning «Borussiya» klubi «RB Leyptsig»ni qabul qildi va 2:3 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

O‘yinning 4-daqiqasida Per-Emerik Obameyyang «Borussiya»ni oldinga boshlagandi. «RB Leyptsig» tezda hisobni tenglashtirdi — 10-daqiqada Marsel Zabittser aniq harakat qildi. 25-daqiqada mehmonlar oldinga chiqib olishdi — Yussuf Poulsen gol muallifi. Ikkinchi bo‘lim boshida mezbonlar himoyachisi Sokratis Papastatopulos qizil kartochka olib maydondan chetlatildi, u ishlatgan qo‘pollikdan keyin belgilangan penaltini Jan-Kevin Ogusten aniq ijro etdi va hisob —  3:1. 

56-daqiqada jamoalar o‘yinchilar soni bo‘yicha tenglashdi — 2 daqiqa ichida 2 marta sariq kartochka ishlagan Shtefan Ilzanker maydondan chiqarib yuborildi. «Borussiya» faqat bitta javob goli ura oldi — 64-daqiqada Obameyyang penaltidan hisobni qisqartirdi.

Shu tariqa, «Borussiya» chempionatning yangi mavsumida ilk marta mag‘lubiyatga uchradi, ammo jamoa hamon birinchi o‘rinda qolmoqda. Ikkinchi o‘rindagi «Bavariya» 2, uchinchi o‘rindagi «RB Leyptsig» 3 ochko ortda qoldirilgan.

Bundesliga, 8-tur
Borussiya D – RB Leyptsig 2:3
 (1:2, 1:1)
Gollar: 1:0 – 4 Obameyang, 1:1 – 10 Zabittser, 1:2 – 25 Poulsen, 1:3 – 49, penalti Ogyusten, 2:3 – 64, penalti Obameyang.
Borussiya D – Byurki, Tolyan (Pulishich, 46), Papastatopulos, Toprak, Zagadu, Kastro, Shaxin (Vaygl, 46), Gettse, Yarmolenko, Obameyang, Filipp (Bartra, 51).
RB Leyptsig – Gulachi, Bernardo, Ilzanker, Upamekano, Xalstenberg, Kampl, Keyta (Demme, 46), Zabittser (Orban, 86), Bruma, Poulsen, Ogyusten (Laymer, 65).
Ogohlantirishlar: Keyta (15), Bernardo (30), Byurki (48), Ilzanker (54), Gettse (72), Demme (83).
Chetlatishlar: Papastatopulos (47), Ilzanker (56).

Haynkesning ilk o‘yinida «Bavariya» yirik hisobda zafar quchdi

Bundesligada shanba oqshomidagi boshqa o‘yinlar natijalari

Bundesliga turnir jadvali

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid