Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya sug‘urta kompaniyasi mehnat muhojirlarini ijtimoiy himoya qilish loyihasini amalga oshira boshladi
Bugungi kunda O‘zbekiston iqtisodiy-ijtimoiy hayotida qator o‘zgarishlar amalga oshirilayotgani mamlakat sug‘urta bozorida ham raqobatni kuchaytirmoqda. Sug‘urta bozorida esa, davlat aktivlari ishtirokida tuzilgan kompaniyalar qatorida xorijiy hamkorlar bilan birga tashkil etilgan sug‘urta kompaniyalari faol raqobatlashmoqda, mahalliy sug‘urta bozorida o‘zining mustahkam o‘rniga ega bo‘lib bormoqda. 2008 yilda o‘z faoliyatini boshlagan INGO-O‘zbekiston shunday sug‘urta kompaniyasi hisoblanadi.
INGO-O‘zbekiston va Rossiyaning «Ingosstrax» sug‘urta kompaniyasi o‘zbekistonlik mehnat muhojirlarini ijtimoiy himoya qilishga qaratilgan yangi loyiha ishga tushirilganini e'lon qildi. Kompaniyalar vakillari MDH mamlakatlarining Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan Xalqaro moliya-bank forumi doirasida shu haqda bayonot berishdi.
Hamkor sug‘urta kompaniyalari, loyiha doirasida, Rossiya, Qozog‘iston va Qirg‘izistonda mehnat faoliyati bilan shug‘ullanayotgan o‘zbekistonlik mehnat muhojirlarini sug‘urtalash mexanizmini ishlab chiqib, amaliyotga joriy qilishdi. Sug‘urta polisi kutilmagan xastalik va baxsiz hodisalar, (jarohatlar, kuyish, ishlab chiqarish jarayonidagi baxsizlik va b.) hamda sug‘urtalangan shaxsning vafotini qamrab oladi.



Sug‘urta majburiyati 10 ming AQSh dollarini tashkil etadi. Bundan tashqari, birinchi tibbiy yordam, stomatologiya yordami uchun xarajatlarni ham o‘z ichiga oladi. Shu bilan birga, sug‘urtalangan shaxsni qidirish va qutqarish, baxsiz hodisa tufayli hayotdan ko‘z yumsa, ma'lum bir belgilangan mablag‘ to‘lash bo‘yicha shartnoma 1 oydan 3 oygacha muddatda tuzilishi mumkin.
«Biz mehnat muhojirlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan va ijtimoiy yo‘naltirilgan loyihani e'lon qilishdan bag‘oyat mamnunmiz. Taklif qilinayotgan sug‘urta mahsuloti vatandoshlarimizning bir kor-hol ro‘y bersa, kafolatlangan tibbiy yordam va himoyaga ega bo‘lishini anglatadi», - dedi INGO-O‘zbekiston bosh direktori Baxtiyor G‘aybullayev.
Kompaniyaning xorijiy muassislaridan biri «Ingosstrax» kompaniyasi bosh direktori Mixail Volkovning bildirishicha, «O‘zbekiston O‘rta Osiyo mintaqasida eng tez o‘sayotgan iqtisodiyoti bilan sug‘urta xizmatlari bozorini rivojlantirishda katta istiqbol va salohiyatga ega mintaqa hisoblanadi».
INGO-O‘zbekiston – biznes manfaatlarini kompleks himoya dasturlari hamda xususiy shaxslar uchun sug‘urta mahsulotlarinnig keng qamrovini o‘z ichiga olgan universal xizmat portfeliga ega bo‘lib, O‘zbekistonning eng yirik sug‘urtachilaridan biridir.



Xorijiy va mahalliy iqtisodiyotning real sektori, shuningdek, neftgaz va aviatsiya sektori korxonalari tomonidan tashkil etilgan kompaniya 2008 yilda tashkil etilgan. «Ingosstrax», «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi ishtirokida tashkil etilgan sug‘urta kompaniyasining bugungi kundagi nizom jamg‘armasi 30 mlrd so‘m ekvivalentini tashkil etmoqda.
«INGO-Uzbekistan» YoA – chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona va Kompaniyaning asosiy aksionerlari (95, 02% ulushi) «Invest-Policy» AJ (Rossiya Federatsiyasi, «Ingosstrax»
2008 yildan boshlab «INGO-O‘zbekiston» OAJ Yovropa va MDHda joylashgan bir qator sug‘urta kompaniyalarini birlashtiruvchi INGO International sug‘urta guruhiga a'zo.
«Ahbor-Reyting» reyting agentligi «INGO-O‘zbekiston» sug‘urta kompaniyasiga 2017 yil oxirigacha o‘tkazilgan reyting monitoringi natijalaridan kelib chiqqan holda «ijobiy» prognozi bilan «uzA+» milliy darajadagi to‘lov qobiliyatini tasdiqladi.
Shu bilan birga, INGO-O‘zbekiston sug‘urta bilan bog‘liq barcha xizmatlarni taklif etadi. Qayd etilishicha, kompaniya so‘nggi yillar mobaynida barqaror rivojlanish ko‘rsatkichlarini namoyish etmoqda. 2013 yil yakunlari bo‘yicha sug‘urta mukofotlari hajmi 147 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2018 yil yakuniga binoan bu raqam 124,5 foiz bo‘lgan.



2017 yil yakunlariga ko‘ra, kompaniya aktivlari hajmi 46,1 mlrd so‘mni tashkil etib, 2016 yilga nisbatan 72,7 foizga o‘sgan. 2018 yil yakuniga kelib, bu ko‘rsatkich 59 mlrd so‘mga yetib, 2017 yilga nisbatan 28 foizga o‘sgan.
«Ingosstrax» kompaniyasi bosh direktori Mixail Volkovning ma'lum qilishicha, bugungi kunda «Ingosstrax» MDH va xorijiy davlatlarda o‘z vakolatxonalari va muassisligida tashkil etilgan sho‘'ba korxonalariga ega. Kompaniya Rossiyadan tashqari, Armaniston, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘izistonda keng faoliyat yuritishi barobarida Hindiston va Xitoyda ham o‘z vakolatxonalariga egadir.
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
11:56
Rossiya dumasi deputatlari tinchlikni muhokama qilish uchun AQShga taklif etildi
10:31
Rossiyaning Kriviy Rigga raketa zarbasi: kamida 12 kishi yaralandi
08:41
Rossiya: Ukrainadagi xorijiy qo‘shinlar - “qonuniy harbiy nishonlar”
08:26