Toshkent shahar hokimligi aholidan zarurat bo‘lmaganda ko‘chaga chiqmaslikni so‘radi
Toshkent shahar hokimligi aholidan zarurat bo‘lmaganda ko‘chaga chiqmaslikni so‘radi. Hokimlik matbuot xizmati tegishli xabar e'lon qildi.
Qayd etilishicha, iyul oyining 24-26 kunlarida respublikaga issiq va quruq havo oqimining kirib kelishi oqibatida ob-havo harorati keskin ko‘tarilishi kutilmoqda.
Bildirilishicha, keskin issiq havoda barcha insonlar, ayniqsa, surunkali kasalligi bo‘lgan, dispanser nazoratida turuvchi bemorlar, yosh bolalar, homilador ayollar va keksalar o‘zlarini himoyalashlari nihoyatda muhim.
“Bunday sharoitda aholimizdan zarurat bo‘lmaganda ko‘chaga chiqmasliklarini, ko‘proq suyuqlik iste'mol qilishlarini so‘rab qolamiz. Hurmatli hamshaharlar va poytaxtimiz mehmonlari, issiq va quruq havoning salbiy oqibatlaridan o‘zingizni asrang”, deyiladi xabarda.
“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, 24-26 iyulda O‘zbekiston hududiga Eron hududlaridan issiq havo kirib kelishi hisobiga havo harorati ko‘tarilishi kutilmoqda.
Ushbu kunlarda havo harorati iqlimiy me'yorlardan 4-6 darajaga yuqori bo‘ladi. Kunduz kunlari havo 40-43 daraja issiqqacha, janubda va cho‘l hududlarda 45-46 daraja issiqqacha ko‘tariladi.
25-27 iyulda respublika hududi bo‘yicha vaqti-vaqti bilan shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi, ba'zi joylarda changli bo‘ron bilan 25-28 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Amerika migrantlarni quvmoqda, Isroil yangi hujum boshlamoqchi - hafta dayjesti
Jahon | 13:44
Toshkentda yana bir avtosalon egasi qamoqqa olindi
O‘zbekiston | 19:54 / 24.01.2025
Daniya, AQSh yoki mustaqillik: Grenlandiya "kimniki?"
Jahon | 17:40 / 24.01.2025
2025 yilgi global xatarlar qaysi? Jahon iqtisodiy forumi hisoboti
Iqtisodiyot | 21:23 / 23.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh hukumati noqonuniy migrantlarni har kuni chiqarib yuborish rejasini e’lon qildi
Jahon | 18:09
-
Surxondaryoda sodir bo‘lgan YTHda piyoda halok bo‘ldi
O‘zbekiston | 18:07
-
«U «Siti»da ham o‘rnini topa oladi» - Husanovning bolalikdagi murabbiyi bilan suhbat
Sport | 17:29
-
2024 yilda O‘zbekistonga import qilingan yengil mashinalar soni ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 17:16
Mavzuga oid
15:41
27 yanvar kuni kutilayotgan ob-havo prognozi ma’lum qilindi
11:16
Toshkentda maktabga mashina minib kelgan o‘quvchilarga chora ko‘rildi
11:06 / 25.01.2025
Kelgusi hafta boshi uchun ob-havo prognozi e’lon qilindi
22:08 / 24.01.2025