Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorazmda sholichilikdan yiliga ikki marta hosil olish uchun Xitoy tajribasi o‘rganiladi
Xabar qilganimizdek, 12 dekabr kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatiga tashrifi doirasida Xonqa tumanidagi «Red star oxus» MChJ tomonidan tashkil qilingan issiqxonada bo‘ldi.
Kun.uz muxbirining xabar berishicha, korxonada qishloq xo‘jaligida amalga oshiriladigan loyihalar taqdimoti ham o‘tkazildi.

Taqdimotda tumanlarni ixtisoslashtirish, yangi yerlarni o‘zlashtirish, yomg‘irlatib sug‘orish tizimini joriy qilish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Aholiga yer maydonlari ajratib berish, shu orqali odamlarni ish bilan ta'minlash va kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha vazifalar qo‘yildi.
“Biz «Aholi tomorqalaridan samarali foydalanishning yangi tizimi» bo‘yicha taqdimot qildik. Birinchi navbatda bu yerda sholichilikni rivojlantirish masalalari, ayniqsa «temir daftar»dagi ehtiyojmand oilalarga ochiq va shaffof qilib yerlarni taqsimlab berish bo‘yicha ham aniq topshiriqlar berildi.
Ayni paytda Xorazm viloyatida ikkita tomorqa klasteri tashkil qilinayotgan bo‘lsa, kelasi yili yana beshtaga ko‘paytiriladi. Shu bilan birga, xonadonlarda serdaromad ekinlarni ekishga juda katta urg‘u berilmoqda.


Taqdimotda Yangibozor tumanini tomorqadan yiliga ikki-uch marotaba hosil oladigan eng namunali tumanga aylantirish bo‘yicha 8 ta yo‘nalishda aniq rejalarni belgilab oldik.
Birinchisi, 1-3 sotixli ixcham issiqxonalarni ko‘paytirish. Ikkinchi yo‘nalish uzumchilikni rivojlantirish. Uchinchidan eksportga ketadigan anor ekish bo‘yicha mahallalarni ixtisoslashtirish bo‘yicha ham topshiriqlar berildi.
Shuningdek, chorva hayvonlari va parrandalarning yemi bo‘lgan soya ekish va undan yuqori daromad olish bo‘yicha tajribani ommalashtirish bo‘yicha ham topshiriqlar berildi. Buning natijasida ham yerning hosildorligi ortadi, ham dehqonlarimizga qo‘shimcha daromad bo‘ladi va parrandalarga ozuqa bo‘ladi.
Shuningdek, sholichilikda serhosil bo‘lgan hamda boshqa davlatlarda ham o‘zini oqlagan navlarni va tajribalarni qo‘llash, misol uchun Vetnam va Xitoy davlatining tajribasidan unumli foydalanishimiz kerakligi aytildi. Olimlar bilan hisob-kitobini qilib, sholidan ham ikki marta hosil olish borasida kerak bo‘lsa Xitoydan olimlarni chaqirib, ularning tajribalarini o‘rganish bo‘yicha aniq topshiriqlar bo‘ldi”, - deydi O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi Aktam Hayitov.
Mavzuga oid
13:42 / 14.01.2026
Telegram-bot orqali giyohvandlik vositasi sotganlar aniqlandi
16:53 / 06.01.2026
Xorazmda daraxtga borib urilgan Nexia haydovchisi halok bo‘ldi
09:17 / 08.11.2025
Ming dollar evaziga “ekspertiza” va’dasi: inspektor qo‘lga olindi
16:39 / 04.10.2025