Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Komil Allamjonov prezident administratsiyasining AQShdagi vakili lavozimiga tayinlandi
Shu bilan birga, u prezident administratsiyasi rahbari maslahatchisi lavozimidagi faoliyatini davom ettiradi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Komil Ismoilovich Allamjonov maslahatchi-vakil – O‘zbekiston Respublikasi prezidenti administratsiyasining (PA) AQShdagi vakili lavozimiga tayinlandi. Bu haqda prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaning farmoyishi imzolangan.
Komil Allamjonov joriy yil iyunidan buyon prezident administratsiyasi rahbarining jamoatchilik asosidagi mustaqil maslahatchisi lavozimida ishlab kelmoqda.
U parallel ravishda bu lavozimdagi faoliyatini ham davom ettiradi.
Noyabr oyida prezident farmoniga muvofiq, AQSh tomoni bilan hamraislikda Amerika–O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi tuzilgandi. Kengash strategik biznes tashabbuslarini muvofiqlashtirish, yirik investitsiya va savdo loyihalarini ilgari surish hamda monitoring qilish bilan shug‘ullanadi.
Kengashga O‘zbekiston tomonidan prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva, Amerika tomonidan esa AQSh prezidenti maxsus vakili Serjio Gor hamraislik qiladi.
Farmonga ko‘ra, 2026 yil 1 yanvardan O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasi tuzilmasiga qo‘shimcha maslahatchi elchi – O‘zbekiston prezidenti administratsiyasining AQShdagi vakili lavozimi kiritilishi belgilangandi.
Maslahatchi elchi o‘z faoliyatida PA rahbariga hisobdor va O‘zbekistonning AQShdagi diplomatik vakolatxonasi rahbari faoliyatini ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish qismida qo‘llab-quvvatlashga mas’ul hisoblanadi.
Sentyabr oyida Komil Allamjonov AQShdagi Jorj Vashington universitetining Markaziy Osiyo tadqiqotlari dasturining maxsus maslahatchisi etib tayinlangandi.
Mavzuga oid
19:31 / 23.02.2026
Behzod Normatov Prezident administratsiyasiga ishga o‘tdi
17:11 / 27.12.2025
“Tizimimiz ancha eskirib qoldi” - Prezident korrupsiyaga qarshi yangi tizim haqida e’lon qildi
22:32 / 17.12.2025
Yunusobod va Sergeli tumanlariga yangi hokim tayinlandi
18:59 / 17.12.2025