Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sooronbay Jeenbekov Markaziy Osiyo yetakchilarini terrorchilikka qarshi birgalikda kurashishga chaqirdi
Foto: Sultana Dosaliyeva
Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilarining birinchi maslahatlashuv uchrashuvida bugungi kunda mintaqa davlatlari xalqlari farovonligi uchun mintaqaviy hamkorlikni yangidan yo‘lga qo‘yish vazifasi turganini aytdi.
Jeenbekov o‘tgan uchrashuv Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida do‘stona va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini faollashtirish va yangilashga xizmat qilishini ta'kidlab o‘tdi. Qirg‘iziston prezidenti Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilarining do‘stlik, tinchlik-totuvlik va yangilanish bayrami – Navro‘z arafasida uchrashishlari ramziy ma'noga egaligini aytdi.
Uning aytishicha, Ostonadagi uchrashuvda mintaqaviy hamkorlik va joriy vaziyat bo‘yicha fikrlar almashish uchun yaxshi imkoniyat paydo bo‘ldi. “Buni nafaqat hozirgi, balki kelajak avlodlar manfaati uchun qilish kerak. Shu sababli men O‘zbekiston prezidentining davlatlarimiz rahbarlari uchrashuvini muntazam ravishda o‘tkazish tashabbusini mamnuniyat bilan qo‘llab-quvvatladim. O‘ylashimcha, bu uchrashuvlar nafaqat o‘zaro integratsiya, balki mintaqamizning dunyodagi roli va o‘rnini oshirish uchun xizmat qiladi”, deb qo‘shimcha qilgan Jeenbekov.
Jeenbekovning ta'kidlashicha, Markaziy Osiyo davlatlari terrorchilik va ekstremizmga hamda boshqa xavflar va chaqiriqlarga birgalikda kurashishlari lozim. Qirg‘iziston prezidentining aytishicha, Qirg‘iziston Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni qo‘llab-quvvatlovchi birgalikdagi harakatlar va xavfsizlikning yagona hududini shakllantirishni qo‘llab-quvvatlaydi.
Jeenbekov so‘zlari nihoyasida Qirg‘iziston joriy yilda bir qator madaniy-sport tadbirlari, jumladan, III Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlari va atoqli qirg‘iz yozuvchisi Chingiz Aytmatov tavallud kunining 90 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlarni o‘tkazishni rejalashtirganini ma'lum qildi va Markaziy Osiyo davlatlarining barcha rahbarlarini bu tadbirlarga taklif qildi.
Mavzuga oid
11:48 / 12.01.2026
Rossiyalik propagandachi Solovyov Markaziy Osiyoda ham «SVO» boshlash kerakligi haqida gapirdi
15:22 / 07.01.2026
Japarov Qirg‘iziston va Tojikiston yarashishida Shavkat Mirziyoyevning o‘rni katta bo‘lganini aytdi
10:53 / 25.12.2025
Yaponiya Markaziy Osiyoda 3 trillionlik yangi loyihalarni rejalashtirmoqda
14:10 / 22.12.2025