O‘zbekiston | 08:10 / 25.10.2024
6168
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda 1 tup tutni kesgan fuqaro 75 mln so‘m to‘laydigan bo‘ldi

Samarqand viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi Toyloq tuman bo‘limi tomonidan navbatdagi nazorat reyd tadbirlari o‘tkazildi. 

Foto: Ekologiya vazirligi

Ekologiya vazirligi xabariga ko‘ra, reyd davomida tumanning “Xo‘jayuz” MFY hududida fuqaro U.Z. tomonidan tegishli ruxsatlarsiz sog‘lom 1 tup tut daraxti kesib tashlanganligi ma’lum bo‘ldi. Natijada tabiatga 71 mln 250 ming so‘m zarar yetkazilgan.

Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan Ma’muriy jinoyat kodeksining 79-moddasi (daraxtlarni, butalarni, boshqa o‘simliklarni va nihollarni qonunga xilof ravishda kesish, kundakov qilish, shikastlantirish, yo‘q qilish yoki boshqa joyga ko‘chirib o‘tkazish) 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

U BHMning 10 baravari — 3 million 750 ming so‘m miqdorida jarimaga tortildi. Huquqbuzar qilmishi uchun jami 75 million so‘m to‘laydigan bo‘ldi.

Mavzuga oid