Hukumat qarori loyihasida Samarqandni kompleks rivojlantiriş, şahar infratuzilmasini modernizatsiya qiliş va quriliş işlarini yagona boş reja asosida amalga oşiriş közda tutilgan. Hujjatga köra, barça yangi qurilişlar master-reja va batafsil rejalaştiriş loyihalari asosida tasdiqlanadi.

Boş rejada şahar hududlari konservatsiya, rekonstruksiya va renovatsiya zonalariga ajratilmoqda. Konservatsiya hududlarida madaniy meros va yaşil hududlar muhofaza qilinib, yangi qurilişlarga çeklov qöyiladi. Renovatsiya zonalarida esa eski va talabga javob bermaydigan binolar örniga yangi majmualar qurilişiga ruxsat beriladi.

Loyihada transport infratuzilmasiga ham katta e’tibor qaratilgan. 2045 yilgaça Samarqandda qöşimça 837 km yangi yöl quriş, 160 km mavjud yölni kengaytiriş va yangi tramvay tarmoqlarini barpo etiş rejalaştirilgan. Şuningdek, jamoat transportidan foydalaniş uluşini 60 foizgaça oşiriş maqsad qilingan.

Ekologiya yönalişida ham yirik özgarişlar rejalaştirilgan. Boş reja doirasida 11 ming gektar qöşimça yaşil maydon taşkil etiş va şahar atrofida 18 ming gektarlik yaşil belboğ barpo etiş közda tutilgan. Natijada aholi jon boşiga töğri keladigan yaşil hudud hajmi 5 kvadrat metrdan 10 kvadrat metrgaça oşiriladi.

Şu bilan birga, Samarqandning YuNeSKO röyxatiga kiritilgan tarixiy markazida şahar qiyofasiga ta’sir qiluvçi özgarişlar xalqaro talablar asosida muvofiqlaştirilişi belgilangan.