Sirdaryoda yer uchastkalarini xususiylashtirish bo‘yicha hukumat qarori qabul qilinadi
Sirdaryo viloyatida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish jarayoni yanada takomillashtiriladi.
Vazirlar Mahkamasining “Sirdaryo viloyatida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish jarayonini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Prezidentning “Iqtisodiyotni rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirishga oid davlat siyosatini tubdan yangilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020 yil 26 martdagi PF-5975-son farmoniga muvofiq Sirdaryo viloyatida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish bo‘yicha huquqiy eksperiment muddati 2021 yil 1 martga qadar uzaytirilgan.
Quyidagilar:
Sirdaryo viloyatida doimiy foydalanish (egalik qilish) yoxud meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqlari asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkalarini jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan sotib olish tartibi to‘g‘risida vaqtinchalik ma'muriy reglament;
Sirdaryo viloyatida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan bo‘sh turgan yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali xususiylashtirish tartibi to‘g‘risida vaqtinchalik nizom tasdiqlanadi.
Belgilanishicha:
a) huquqiy eksperimentni amalga oshirish davrida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish aholi punktlarining tasdiqlangan bosh rejalari va boshqa shaharsozlik hujjatlari asosida;
b) Sirdaryo viloyatida jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan ularga doimiy foydalanish (egalik qilish) yoxud meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi bilan berilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish “YERNUSUSIYLASNTIRISN” AAT orqali;
v) Sirdaryo viloyatida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan bo‘sh turgan yer uchastkalarini xususiylashtirish “YER AUKSION” savdo maydonchasida elektron onlayn-auksion orqali amalga oshiriladi.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan xususiylashtirilayotgan yer uchastkasining sotib olish qiymati, arizani ko‘rib chiqish uchun yig‘im hamda ko‘rsatilgan ishlar va xizmatlar xarajatlarining to‘liq to‘lovi amalga oshirganida, ularga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk hujjatlari Ko‘chmas mulk obektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestriga kiritilmagan taqdirda Yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining tuman (shahar) filiali mazkur ko‘chmas mulk hujjatlari bo‘yicha yangi shakldagi ko‘chmas mulk obektlarining turar yoki noturar-joy fondiga oid qismiga kadastr pasportini bepul tayyorlaydi va kadastr hujjatlarini rasmiylashtiradi.
“Davergeodezkadastr” qo‘mitasi:
2020 yil 1 iyulga qadar ko‘chmas mulk huquqi, yer uchastkasi va xususiylashtirilayotgan yer uchastkasida joylashgan bino va inshootlarga nisbatan mavjud bo‘lgan huquqiy cheklovlar to‘g‘risidagi to‘liq ma'lumotlarni taqdim etish orqali ko‘chmas mulk obektlarga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni ta'minlovchi axborot tizimini “YERNUSUSIYLASNTIRISN” AAT bilan integratsiya qilinishini ta'minlaydi;
2020 yil 1 avgustga qadar yagona davlat kadastrlari tizimini geografik axborot tizimi (geoportal) bilan integratsiyasini ta'minlash orqali xususiylashtirilayotgan yer uchastkalarining chegaralari va uning geolokatsiyasi to‘g‘risidagi ma'lumotlarini O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligiga taqdim etadi;
2020 yil 1 oktyabrga qadar Yagona davlat kadastri tizimida fuqarolar tomonidan rasmiy egalik huquqisiz foydalanib kelinayotgan va xususiylashtirilmaydigan yer maydonlarining alohida hisobini yaratadi va ushbu ma'lumotlarni keyinchalik “YERNUSUSIYLASNTIRISN” AATga integratsiya qiladi;
2021 yil 1 martga qadar Respublikadagi 7,2 mln ko‘chmas mulklarni birma-bir xatlovdan o‘tkazadi va elektron ma'lumotlar bazasini yangilaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarining kadastr raqami kesimida yuridik va jismoniy shaxslardan undiriladigan yer solig‘i stavkalari ma'lumotlar bazasini “YERNUSUSIYLASNTIRISN” AAT bilan integratsiya qilinishini ta'minlaydi.
Quyidagilarga:
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining o‘rinbosari O.B. Rustamovga - huquqiy eksperimentni davom ettirish jarayonida mas'ul tashkilotlarning faoliyatini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish, shuningdek huquqiy eksperimentning tizimli monitoringi olib borilishi va tahlil qilinishi;
O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi raisi A.X. Abdullayevga - elektron onlayn-auksionga qo‘yilishi mo‘ljallangan bo‘sh turgan yer uchastkalari bo‘yicha hujjatlar sifatli tayyorlanishi, o‘z vaqtida savdoga qo‘yilishi va yer uchastkasiga bo‘lgan mulk huquqi o‘z vaqtida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi;
Sirdaryo viloyati hokimi G‘.G‘. Mirzayevga - huquqiy eksperimentni amalga oshirish doirasida hududiy tashkilotlar faoliyati samarali tashkil etilishi va safarbar qilinishi uchun shaxsiy javobgarlik yuklanadi.
Mavzuga oid
16:38 / 06.12.2024
Markaziy Osiyo mamlakatlari vegetatsiya mavsumi uchun suvni taqsimlab oldi
15:57 / 26.11.2024
Kuvayt Sirdaryoda ko‘p qavatli uylar qurishi mumkin
11:09 / 08.11.2024
Andijonda kottejlar qurish uchun yer hujjatini rasmiylashtirib berish evaziga 230 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi
10:19 / 08.11.2024