Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki direktori örinbosari (Associate Director) Muzaffar Zuxurov – 39 yoşda. U 20 yildan buyon Angliyada yaşaydi. Grant asosida Lankaster universiteti bakalavriatini tamomlab, 2005 yilda Sent-Endyurs universitetida magistr-iqtisodçi diplomini olgan va şundan buyon Angliyada bank sohasida işlab kelmoqda.
Hamyurtimiz bilan Buyuk Britaniyaga safarimiz davomida suhbat uyuştirdik. Suhbatimiz YeTTBning Londondagi boş ştab-kvartirasida bölib ötdi.
Xalqaro moliya taşkiloti Liverpul-strit vokzali yonida joylaşgan. U yerga borganimizda qoş qorayib qolgan (Angliyada qiş kunlari soat 16:00dayoq qop-qoronği böladi), bankda iş vaqti tugagani sabab deyarli heç kim körinmasdi.
Muzaffar Zuxurovdan birinçi bölib Özbekistonda oxirgi yillarda bölayotgan özgarişlarga munosabatini söradik. U YeTTB va Özbekiston örtasidagi hamkorlik 2017 yilda tiklanganini eslab ötib, suhbat davomida şaxsiy fikrlarini bildirişi, buni taşkilot nomidan aytilayotgan fikrlar deb qabul qilmaslikni söradi.
«Çetdan kuzatganda juda köp ijobiy özgarişlar közga taşlanyapti», deya e'tirof etgan Zuxurov valuta liberalizatsiyasi, qişloq xöjaligidagi uzoq kutilgan islohotlar, yirik monopoliyalarni bölaklarga ajratib, taqsimlaşga qaratilgan harakatlar, norasmiy sektordagi kiçik va örta biznesni rasmiy iqtisodiyotga olib ötişda soliq islohotining örni, kapital bozorini rivojlantiriş böyiça körilayotgan çoralar, bank sohasi modernizatsiya qilina boşlaganiga e'tibor qaratdi.
Biz esa islohotlar jarayonida qaysi nuqtalarda oqsaşni kuzatyapsiz, deya savol berdik.
Oxir-oqibatda faqat 2-3ta bank davlat qaramoğida qolsa yetadi
«Hozir Özbekistondagi davlat va nodavlat taşkilotlarida işlayotgan odamlar bilmay yo körmay qolgan qanaqadir sohalar bor, ular mana bunday qilişi kerak, deyiş notöğri, menimça.
Bank sohasiga kelsak, Özbekistonda bank aktivlarining 80 foizdan ortiği davlat qaramoğida. Bu – muammo. Oxir-oqibatda, misol uçun, davlat qaramoğida 2-3ta bank qolsa, bu banklar infrastruktura böyiça loyihalarni qöllab-quvvatlasa, töğri bölardi. Çunki infrastruktura uzoq muddatli investitsiya talab qilgani uçun xususiy banklar unga pul ajratişi qiyin. Nafaqat Özbekistonda, hamma joyda şunday. Qolaversa, qaysidir tumanlarga xususiy banklar bormasligi, çunki u joylarda bankning foyda olişi qiyinroq bölişi mumkin. Şu kabi tumanlarda aholiga çakana xizmat körsatuvçi davlat banklariga ehtiyoj böladi.




















