Bitimning asosiy maqsadi – investitsiya faoliyati orqali unga qöşilgan iştirokçi davlatlarning iqtisodiy ösişiga va ular örtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirişga kömaklaşiş.

Mazkur hujjatga köra, uşbu bank öz faoliyatini xalqaro şartnomalar, xalqaro huquq, umume’tirof etilgan bank faoliyati tamoyillari va me’yorlariga muvofiq amalga oşirişi, şuningdek, bank nizomi uşbu bitimga ilova qilingan holda tasdiqlanişi nazarda tutilgan.

Şuningdek, bank nizomida Yevrosiyo taraqqiyot banki faoliyati, maqsad va vazifalari, funksiyalari, imtiyozlari, ustav kapitali va unga obuna böliş şartlari hamda bank boşqaruviga oid tartib-qoidalar belgilangan.

Bundan taşqari, Yevrosiyo taraqqiyot banki iştirokçi davlatlarning iqtisodiyoti va moliyaviy bozorlari holati, ularning investitsiya imkoniyatlari, pul-kredit va valuta munosabatlari, bank va valutani tartibga soliş sohasidagi qonunçilik normalari töğrisidagi ma’lumotlarni töplaşi, tizimlaştirişi va tahlil qilişi belgilanmoqda.

Muhokama yakunida senatorlar tomonidan qonun ma’qullandi.