Londonda oliy ta'lim oliş qançaga tuşadi? Angliyada «kontrakt» narxi qança, yaşaş xarajatlari-çi? Ham öqib, ham işlasa böladimi? Talaba yozgi ta'tilda işlab, kontraktining qança qismini özi tölay olişi mumkin?
Köpçilik yoşlarni qiziqtiradigan şu va boşqa savollarga Kun.uz Buyuk Britaniyaga safari davomida London universitetlarida öqiyotgan özbekistonlik talabalardan javob oldi.
Olster universitetining Londondagi filiali 2-bosqiç talabasi – Özbekiston yoşlari umumjahon assotsiatsiyasi vakili Sadrijahon Hasanov, Grinviç universiteti 1-kurs talabasi Uluğbek Rahmonberdiyev va Ğarbiy London universitetining 2-bosqiç talabasi Firdavs Taxtamişev bilan keçgan suhbatimizda xorijda öqiş istagidagi yoşlarni eng köp qiziqtiradigan mavzularni qamrab olişga harakat qildik.
Öqiş xarajatlari qança?
Köpçilikni qiziqtiradigan birinçi masala – xarajatlar. Oldindan aytiş joiz, bu borada biz grant va tanlovlarsiz öqişga kirib, stipendiyasiz tahsil olişdagi çiqimlarni keltirib ötamiz. Çunki turli grant dasturlarida ğolib böliş imkoniyati, tabiiyki, çeklangan va bu hammaga ham nasib qilavermaydi.
Xarajatlar miqdorini belgilaydigan ikki asosiy omildan biri – kontrakt narxi bölsa (universitetning darajasiga qarab ançaga farq qiladi), ikkinçisi – talabaning qaysi moliyaviy darajada hayot keçirişi (studentga xos tejamkorlik rejimidan tortib, qimmat şahardagi şohona hayotgaça).
Suhbatdoşlarimizga köra, Angliyada oliy ta'lim narxi yiliga 9-12 ming funtdan boşlanadi. Aksariyat universitetlarda bakalavriat dasturi 3 yilga möljallangan. Yillik tibbiy suğurta 300 funtga tuşadi.

Örtaça-minimum hisoblarda: turar-joy masalasini oyiga minimum 350-400 funt bilan hal etiş mumkin; Londonda jamoat transportining talabalar uçun oylik yöl çiptasi 100 funt atrofida; ovqatlaniş xarajatlari esa oyiga 200-300 funtni taşkil qiladi.
Talabalar işlaşi mumkinmi?




















