Android uçun möljallangan SpyNote bank troyan virusi sönggi 6 oy içida Rossiyada sodir bölgan öğirliklarning taxminan 40-50 foizida iştirok etgan, dedi Rossiya Markaziy banki rahbari Elvira Nabiullina.

Uning sözlariga köra, zararli dasturdan faqat ba’zi banklar himoyalangan. Nabiullina qaysi banklarning ilovalari hali ham virusdan himoyasiz ekanligini aytmadi.

«Virus turli zararsiz dasturlarni taqlid qiladi va bu zararli dastur yordamida firibgarlar ma’lum vaqt telefonni kuzatib boradi, parollarni köradi, SMS xabarlarni öqiydi. Keyin ular bank ilovasini masofadan osongina oçib, hisobda heç narsa qoldirmasdan pullarni ömaradi», dedi Rossiya Markaziy banki rahbari «Moliyada kiberxavfsizlik» forumida.

Nabiullina bank sektori mijozlarni virusdan himoya qiliş ustida iş olib borayotganiga işontirdi. «Biz barça banklar bu muammoni imkon qadar tezroq, eng keç çorak oxirigaça hal etişi uçun harakat qilamiz», dedi u.