Turizm elçilarini tayinlaş – sönggi vaqtlarda Özbekiston sayyohlik salohiyatini dunyoga tanitişda qöllayotgan yangi yondaşuvlardan biri. Xöş, turizm elçilarining vazifalari özi nimalardan iborat? Ularning mamlakatimizga qiziqişi haqiqatan ham yuqorimi? Tayinlangan elçilar Özbekiston haqida qançalik töliq ma'lumot ega?

Şu va boşqa savollarga javob oliş maqsadida, Londonga safarimiz davomida Özbekistonning Buyuk Britaniyadagi turizm elçisi Sofi Ibbotson bilan suhbatda böldik.

Ma'lum bölişiça, Ibbotson xonim ön yildan buyon özbeklar turmuşi va madaniyatiga qiziqib keladi hamda tez-tez Özbekistonga borib turadi. U Özbekistonga sayohat qilişga oid qöllanma muallifi bölib, bu kitob hozirgaça uç marta naşrdan çiqqan va öz yönalişida eng köp sotiluvçi ingliz tilidagi qöllanma hisoblanadi.

«Mening Buyuk Britaniyadagi turizm elçisi sifatidagi rolim Özbekistonning boşqa davlatlardagi turizm elçilaridan farq qiladi. Çunki men bu yerda ham maslahatçi, ham marketingni şakllantirişga mas'ul şaxs sifatida işlayman. Özbekiston boşqa davlatlarga tayinlagan turizm elçilarining aksariyat qismi katta nufuzga ega maşhur odamlardir. Ular omma orasidagi maşhurligidan foydalanib, Özbekistonni dunyoga tanitişga harakat qilişadi. Menda esa holat biroz boşqaça, men bu qadar taniqli emasman. Biroq turizm böyiça mutaxassisligim va Markaziy Osiyo davlatlari, ayniqsa, Özbekistonga bölgan qiziqişim sabab bu lavozimga tayinlanganman», – deydi Sofi Ibbotson.

– Özbekiston va umuman Markaziy Osiyo mamlakatlariga bölgan bu qiziqiş sizda qanday paydo bölgan?

– Oçiği, özim ham bilmayman, töğrisini aytsam. Meni va oilamni Markaziy Osiyo davlatlari bilan madaniy jihatdan boğlab turuvçi öziga xos zanjirlar bor. Oila a'zolarimning köpçiligi Janubiy Osiyo mintaqasidan, universitetda ham xorijiy til sifatida şu hudud tillarini örganganman. Hatto Markaziy Osiyo töğrisida hali köp narsa bilmagan vaqtlarimda ham mintaqaga qiziqib, dissertatsiyamni hududga aloqador mavzuda – tasviriy san'at rivojlanişi haqida yozganman.

Ma'lumki, Hindistonda öşa davrlarda yaratilgan köplab yodgorliklar Temuriylarga xos uslubdagi tasviriy san'at namunalari bilan bezatilgan. Şunday ekan, men Markaziy Osiyo mintaqasiga Hindistonda bölayotgan rivojlanişlarning turtki beruvçi asosi sifatida qarardim. Bundan taşqari, hudud menda ilmiy jihatdan ham qiziqiş uyğotgandi.