Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda o‘quvchi bolani mashina bosib ketishiga sal qoldi
Shahrisabz tumanida Damas haydovchisi piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan o‘quvchiga yo‘l bermay, xavfli vaziyat keltirib chiqardi. O‘quvchi yo‘lga yiqilib tushganidan keyin g‘ildirak ostida qolmaslik uchun jon-jahdi bilan oldinga sakragan. Haydovchiga nisbatan BHMning 25 baravari miqdorida jarima va transport boshqarish huquqidan 1 yilga mahrum etish jazosi tayinlandi.
Foto: Videodan kadr
11 sentabr kuni Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida Damas haydovchisi piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan o‘quvchini urib ketishiga bir baxya qoldi.
Holat aks etgan videoda Damas o‘zi bilan bir yo‘nalishda kelayotgan boshqa transport vositalaridan farqli ravishda piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan o‘quvchini o‘tkazib yuborish uchun to‘xtamaganini ko‘rish mumkin. Yo‘ldan o‘tayotgan bola esa Damas’ni ko‘rib yugura boshlagan. O‘quvchi yo‘lga yiqilib tushganidan keyin g‘ildirak ostida qolmaslik uchun jon-jahdi bilan oldinga sakragan.
Damas esa katta tezlikda uning yonginasidan o‘tib ketgan.
YHXX axborot xizmati xabar qilishicha, Damas’ning 68 yoshli haydovchisi topilgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Shahrisabz shahri sudi tomonidan qoidabuzar haydovchiga nisbatan Jinoyat sudi tomonidan BHM ning 25 baravari miqdorida (10,3 mln so‘m) jarima va 1 yil muddatga haydovchilik huquqidan mahrum etish jazosi tayinlandi.
Mavzuga oid
16:14 / 18.12.2025
“Xalqning haqidan qo‘lingizni torting, hokim bobo!” - Yakkabog‘ning Qayrag‘ochidan murojaat
09:13 / 06.12.2025
Xizmatdagi YPX xodimini videoga olib, tarmoqqa joylash – ma’muriy qamoq bilan tugadi
16:10 / 27.10.2025
Radarlar qayd etgan qoidabuzarliklar uchun ham jarima ballari yoziladi
00:58 / 24.10.2025