Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryo viloyati davlat soliq boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti farmoyishi bilan Alisher Abdulahatovich Qodirov Qashqadaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.
Alisher Qodirov 1975 yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. Ma'lumoti oliy. 1994 yilda Samarqand moliya texnikumini, 2004 yilda Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutini, 2009 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.
U soliq organlaridagi faoliyatini 1992 yilda Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar davlat soliq inspeksiyasi Soliq tushumlarni jamlash va nazorat qilish bo‘limi davlat soliq inspektorligidan boshlagan.
A.Qodirov yangi lavozimga tayinlangunga qadar Qashqadaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Alisher Qodirov Soliq xizmatining I darajali maslahatchisi hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, 2019 yil oktyabridan Qashqadaryo viloyati Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan Azamat Bozorov 2021 yil aprelida prezident ishtirokidagi videoselektorda tanqidga uchrab, ishdan olingan, u va o‘sha kuni ishdan olingan boshqa hududiy rahbarlarga bundan keyin davlat xizmatida ishlash taqiqlangandi.
Avvalroq Andijon, Bo‘ston, Oltinko‘l tumanlari hamda Xonobod shahri davlat soliq inspeksiyalariga yangi boshliqlar tayinlangani xabar qilingandi.