Prezident Şavkat Mirziyoyev Qaşqadaryo va Navoiy viloyatidagi rahbarlar faoliyatini qattiq tanqid qildi.
«Qaşqadaryo viloyati hokimining birinçi örinbosari Bötayev, soliq boşqarmasi boşliği Bozorov, markaziy bank rahbari [viloyat boş boşqarmasi boşliği] Rajabov, Navoiy viloyati hokimining birinçi örinbosari Hasanov, markaziy bank rahbari Saidov [viloyat boş boşqarmasi boşliği] va soliq boşqarmasi boşliğining birinçi örinbosari Muhammadiyevlar lavozimidan ozod etilsin.
Biror yerda işlamasin. Ular bilişi kerak şunça oylik berib, şunça harakat qilganimizni... siyosatga xiyonatçi bular.
Şu bilan birga, Uluğnor, Uzun, Yozyovon, Dehqonobod tumanlari hokimlarining birinçi örinbosarlari, Andijon, Oltinköl, Olot, Qoraköl, Oqoltin, Çilonzor, Möynoq tumanlari, Xiva va Çirçiq şaharlari soliq idoralari boşliqlari ham lavozimidan ozod etildi.
Işdan olinganlar işlagan davri uçun hamma oyligini davlatga topşirsin. Televizorda rasmini çiqarib, «xiyonatçi» deb beriş kerak. Xalq bularning kimligini, siyosatga qarşi ekanligini bilişi kerak», degan prezident.
Odil Hasanov 2020 yil fevralidan buyon Navoiy viloyati hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari böyiça birinçi örinbosari lavozimida işlab kelayotgandi.

Muqaddam Savdo-sanoat palatasi raisi örinbosari sifatida işlagan Ötkir Bötayev 2019 yil oktyabrida Qaşqadaryo viloyati hokimining birinçi örinbosari lavozimiga tayinlangandi.

Azamat Bozorov 2019 yil oktyabrida Qaşqadaryo viloyati Davlat soliq boşqarmasi boşliği lavozimini egallagandi.














