Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buyuk Britaniya Falastin davlatini tan oladi - Starmer
Agar Isroil G‘azoga ko‘proq insonparvarlik yordamini kiritishga, G‘arbiy sohilni anneksiya qilmaslik va sulhga rozi bo‘lmasa, Buyuk Britaniya sentabr oyida Falastin davlatini tan olishini ma’lum qildi. «Bugun G‘azoda ochlikdan qiynalayotgan chaqaloqlarni, oyoqqa tura olmaydigan bolalarni ko‘rmoqdamiz. Bu tasvirlar umrimiz davomida yodimizdan chiqmaydi», dedi Britaniya bosh vaziri Keir Starmer.
Foto: AFP
29 iyul kuni Buyuk Britaniya bosh vaziri Keir Starmer, agar Isroil falastinliklarning hayotini yaxshilash yo‘lida bir qator choralarni ko‘rmasa, Birlashgan Qirollik sentabr oyidagi BMT Bosh Assambleyasida Falastin davlatini tan olishga tayyorligini ma’lum qildi.
Agar ushbu yuridik protsedura amalga oshsa, Buyuk Britaniya Fransiyadan keyin BMT Xavfsizlik Kengashining Falastinni rasman tan olgan ikkinchi G‘arb davlati bo‘ladi.
My statement on the humanitarian crisis in Gaza and our plan for peace including the recognition of a Palestinian State. pic.twitter.com/aMUCNwJb9z
— Keir Starmer (@Keir_Starmer) July 29, 2025
Reuters nashrining yozishicha, bu — Isroilning G‘azoda Hamasga qarshi olib borayotgan urushdagi harakatlari sababli tobora ko‘proq xalqaro yolg‘izlanayotganini aks ettiradi.
Starmerning aytishicha, agar Isroil quyidagi aniq harakatlarni amalga oshirsa, Britaniya Falastinni tan olish qaroridan qaytadi:
- G‘azoga ko‘proq insonparvarlik yordamini kirishiga yo‘l ochish;
- G‘arbiy sohilni anneksiya qilmaslikka qat’iy kafolat berish;
- Falastin davlatchiligini nazarda tutuvchi uzoq muddatli tinchlik jarayoniga sodiqligini e’lon qilish.
«Falastin xalqi dahshatli azob-uqubatlarni boshidan kechirdi. Bugun esa G‘azoda — yordam yetishmovchiligi tufayli — biz ochlikdan qiynalayotgan chaqaloqlarni, oyoqqa tura olmaydigan bolalarni ko‘rmoqdamiz. Bu tasvirlar umrimiz davomida yodimizdan chiqmaydi. Bu azob nihoyasiga yetishi kerak», — dedi Starmer jurnalistlarga.
Uning aytishicha, hukumat sentabr oyida Isroil va Falastin tomonlarining bu shartlarni qanchalik bajarganiga baho beradi. «Bu qarorni qabul qilishda hech kim veto huquqiga ega bo‘lmaydi», — dedi Starmer.
Nashrning yozishicha, bu qaror Starmer o‘z kabinetini shoshilinch ravishda yig‘ib, boshqa Yevropa yetakchilari bilan ishlab chiqilayotgan yangi tinchlik rejasi va G‘azodagi 2,2 million odamga yordam yetkazish yo‘llarini muhokama qilganidan so‘ng qabul qilindi.
Britaniyaning avvalgi britan hukumatlari Falastin davlatini «tegishli vaqt kelganda» tan olishini aytib kelgan, ammo bunday qaror uchun aniq vaqt yoki shartlarni hech qachon belgilamagan edi.
G‘azoda ochlik xavfi kuchaygani bois, xalqaro insonparvarlik tashkilotlari ogohlantirish bermoqda. Shu sababli Starmerning Leyboristlar partiyasidan bo‘lgan ko‘plab deputatlar uni Falastin davlatini tan olishga chaqirib, bu orqali Isroilga bosimni kuchaytirishni maqsad qilmoqda.
Ayniqsa, Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Falastinni 1967 yilgi Yaqin Sharq urushi chog‘ida Isroil bosib olgan hududlar doirasida davlat sifatida tan olish niyatini e’lon qilganidan keyin Britaniya siyosiy doiralarida bu muammo avj oldi.
G‘azo urushi boshlanganida, o‘sha paytda amaldagi muxolifat yetakchisi bo‘lgan Starmer Isroilning o‘zini himoya qilish huquqini to‘liq qo‘llab-quvvatlagan edi. Biroq vaqt o‘tishi bilan, xususan bosh vazir bo‘lganidan keyin, u Isroilga nisbatan qat’iyroq siyosat yuritishni boshladi.
Masalan, uning hukumati Xalqaro jinoiy sud tomonidan Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxuga nisbatan chiqarilgan hibsga olish orderlariga qarshi oldingi hukumat boshlab bergan huquqiy kurashni to‘xtatdi. Shuningdek, Britaniya Isroilga ayrim qurollar eksportini ham to‘xtatgan.
O‘tgan oy esa, Britaniya hukumati Isroilning ikki radikal vaziri — Itamar Ben-Gvir va Betsalel Smotrichga nisbatan sanksiyalar joriy qildi. Ular Falastinlarga qarshi zo‘ravonlikni ochiq-oydin targ‘ib qilganlikda ayblangan.
Mavzuga oid
13:19 / 03.01.2026
BMT Isroilni gumanitar tashkilotlar litsenziyalarini bekor qilmaslikka chaqirdi
22:54 / 01.01.2026
Isroil o‘nlab notijorat nodavlat tashkilotlariga G‘azoda ishlashni taqiqladi
11:44 / 30.12.2025
HAMAS G‘azo sektoridagi bo‘limi rahbari halok bo‘lganini tasdiqladi
21:51 / 26.12.2025