Kun.uz oldinroq Yaponiyaga işçi yuboriş sohasida korrupsion tizim taşkillaştirmoqçi bölişayotgani, 2020 yilda Özbekistondan Yaponiyaga işga ketiş, jönatiliş mexanizmi qanday taşkillaştirilgani haqida maqola e’lon qilgandi. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi mazkur maqolaga rasmiy munosabat bildirdi.

Ta’kidlanişiça, respublikada har yili mehnat bozoriga 600 mingdan ortiq yangi işçi kuçi kirib keladi. Mehnat migratsiyasi geografiyasini kengaytiriş maqsadida dunyoning rivojlangan davlatlari vakolatli taşkilotlari va salohiyatli iş beruvçilari bilan doimiy muzokaralar ötkazilib, samarali loyihalar yölga qöyilmoqda.

Vazirlikka köra, 2021 yil 1 may kuni vazirlik, Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi, Yaponiyaning “Nippon Educational Academy” hamda “Yapon tili va kasbiy malaka test markazi” nodavlat tijorat taşkiloti örtasida hamkorlik memorandumi imzolangan:

“Mazkur memorandumga asosan vazirlik tizimidagi “Işga marhamat” monomarkazlari binolarida yapon tili va kasbiy malaka yönalişlari böyiça darslar taşkil etiş uçun ta’sisçisi va rahbari Dilafruz Ikromova hisoblangan “Nippon Educational Academy” va akademiya ta’sisçiligida taşkil etilgan “Yapon tili va kasbiy malaka test markazi”ga auditoriya va öquv jihozlari bepul ajratilgan. Bugungi kunda akademiyaning barça monomarkazlardagi öquv xonalari öz faoliyatini davom ettirib kelmoqda.

Akademiya tomonidan bir yilda örtaça 2500 nafar fuqaroni öqitiş imkoniyati mavjud. Bu borada fuqarolar uçun qöşimça imkoniyatlar yaratiş maqsadida joriy yilning dekabr oyidan vazirlik tizimidagi kasb-hunar öquv markazlarida parallel ravişda vazirlik tomonidan işlab çiqilgan dasturga asosan yapon tili va kasblarga öqitiş kurslari taşkil etildi va OAVda mazkur öquv kurslari hamda Yaponiyaga işlaş uçun ketiş tartibi töğrisidagi ma’lumotlar berib borilmoqda. Bugungi kunda uşbu öquv kurslariga 382 nafar fuqaro jalb etilgan.

Şu örinda ba’zi raqamlar tahlilini keltirsak: Bandlikka kömaklaşiş davlat jamğarmasi xisobidan akademiyaga joriy yil 1 dekabr holatiga 1 mlrd 265 mln 228 ming söm mablağ tölab berilgan. Akademiya tomonidan yöllanma asosida jami 1053 nafar (2021 yilda 302 nafar va 2022 yil 9 oyi davomida 751 nafar) fuqaro yapon tili hamda qişloq xöjaligi işçisi va qariyalarni parvarişlovçi kasblariga öqitişga jalb qilingan. Şulardan 255 (2021 yilda 185 nafar va 2022 yilning 9 oyi davomida 70 nafar) nomzod yapon tili va kasbiy malaka kurslarini tamomlab, ularga Yaponiyaning “Nippon Academy” ta’lim taşkiloti sertifikati topşirilgan.