17:36 / 10.02.2021
3810

2021 yil yakuniga qadar aholining 20 foizi koronavirusga qarshi emlanishi rejalashtirilgan – shtab

Joriy yilning mart oyidan yil yakuniga qadar respublika aholisining 20 foizi koronavirusga qarshi emlanishi rejalashtirilgan. Bu haqda Kun.uz muxbiriga Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a'zosi Botir Qurbonov ma'lum qildi.

O‘zbekistonda aholini koronavirus infeksiyasiga qarshi emlashni amalga oshirish bo‘yicha maxsus ishchi guruh tuzilgan bo‘lib, ayni paytda qayerdan va qancha miqdorda vaksina olib kelinishi yuzasidan muzokaralar va o‘rganishlar olib borilmoqda.

«Bizdagi aniq ma'lumotlarga ko‘ra, joriy yilning mart oyida koronavirusga qarshi vaksina keltiriladi. Bunda birinchi navbatda 85 yoshdan oshganlar, undan keyin 75 yoshdan 84 yoshgacha bo‘lganlar, keyingi bosqichda esa 65 yoshdan 75 yoshgacha bo‘lganlar emlanadi. Shu tariqa, emlash jarayoni bosqichma-bosqich yosharib boraveradi. Birinchi bo‘lib vaksina oladigan yana bir toifa - tibbiyot xodimlari, chunki ular kasallik bilan yuzma-yuz kelishadi. Pandemiya davrida kasallikni yuqtirish oqibatida bir qancha shifokorlarimiz hayotdan ko‘z yumgani barchamizga ma'lum.

2021 yil yakuniga qadar respublikamiz aholisining 20 foizga yaqini emlanishi rejalashtirilgan. Ushbu kasallikka kurashishning eng samarali yo‘li - aholining vaksinatsiyalanishi hisoblanadi. Aholining qanchalik ko‘p qismi emlansa, epidemiologik barqarorlik saqlab qolinishiga erishiladi», degan Botir Qurbonov.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top