Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda dunyodagi eng katta xalqaro aeroport ochildi
Foto: Zuma/TASS
Pekinda Dasin xalqaro aeroporti rasman ochildi. Bu haqda "Sinxua" agentligi xabar berdi.
Dunyodagi eng katta aeroport bo‘lgan mazkur havo kemalari maskani Pekin Dasin rayoni va Lanfan shahri chegarasida joylashgan. Aeroport 2021 yilga kelib yiliga 45 mln, 2025 yilda esa 72 mln yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatishi kutilmoqda.
To‘rtta uchish-qo‘nish yo‘lagiga ega aeroport qurilishiga 450 mlrd yuan (63 mlrd dollardan ortiq) mablag‘ sarflandi va besh yilga yaqin davom etdi. Terminal binosi Zaxi Xadid arxitektura byurosi tomonidan loyihalashtirilgan.
Ilgari Shoudu Pekinning asosiy aeroporti hisoblanardi.
Xabar qilinishicha, Dasin aeroporti ochilishi bilan 1910 yilda qurilgan Xitoydagi eng birinchi "Nanyuan" aeroporti yopiladi.
Mavzuga oid
22:37 / 02.02.2026
Xitoy ketma-ket 16 yildan buyon dunyodagi eng yirik kemasoz davlat maqomini saqlab turibdi
20:40 / 02.02.2026
Xitoyda Birma mafiyasining yana to‘rt a’zosi qatl etildi
23:40 / 30.01.2026
Panama kanali Xitoy kompaniyasidan olib qo‘yildi
20:07 / 30.01.2026