Prezident farmoni bilan, vazirlik va idoralarning yagona röyxati tasdiqlandi.

Hukumatga böysunadigan mustaqil vazirlik va idoralar soni jami 26 ta etib belgilanmoqda (ular tarkibiga kirgan barça qömitalar, agentliklar va inspeksiyalar bilan birga jami 69 ta), şu jumladan:

  • vazirliklar – 21 ta;
  • qömitalar – 12 ta, şundan 2 tasi mustaqil maqomga ega;
  • agentliklar – 25 ta, şundan 3 tasi mustaqil maqomga ega;
  • inspeksiyalar – 11 ta.

Şuningdek, vazirlik va idoralarning özbek va rus tillaridagi qisqartma nomlari tasdiqlanib, ularni yiğiliş va videoselektor bayonlari, xizmat yozişmalari, tahliliy materiallarda körsatiş mumkin böladi.

Farmonga asosan, vazirlik va idoralarning markaziy apparatlari va hududiy bölinmalarining tuzilmalarini şakllantiriş böyiça yagona talablar tasdiqlanmoqda.

Unga köra, vazirlik va idoralarning markaziy apparatlarida:

a) tarkibiy bölinmalar faqat 4 ta şakldan iborat böladi (departament 20+; boşqarma 7-19; bölim 2-6; mutaxassislar 1). Bunda, vazirliklar huzuridagi qömitalar, agentliklar va inspeksiyalarda departament şaklida tarkibiy tuzilma taşkil qilinmaydi;

Amalda: 10 dan ziyod şakllar mavjud (departament, boş boşqarma, boşqarma, bölim, şö’ba, xizmat, byuro, guruh va boşqalar);

b) rahbar xodimlar (rahbar, uning örinbosarlari va maslahatçilari, yordamçisi, departament, boşqarma, bölim boşliqlari va örinbosarlari) va