Bugun, 25 yanvar kuni “Respublika ijro etuvçi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yölga qöyişga doir birinçi navbatdagi taşkiliy çora-tadbirlar töğrisida” prezident farmoni imzolandi.

Unga köra, vazirlik va idoralarda budjet va nobudjet mablağlaridan moliyalaştiriladigan jami 17 447 ta boşqaruv va işlab çiqariş ştat birliklari qisqartirilmoqda (umumiy songa nisbatan 24 foiz).

Şu jumladan, vazirlik va idoralar rahbarlari örinbosarlari soni 207 nafardan 144 nafargaça (-63) yoki 30 foizga qisqartirilmoqda.

Şuningdek, dastlabki hisob-kitoblarga muvofiq, 703 ta avtotransport vositasi va 10 ta bino böşamoqda.

Mazkur çora-tadbirlar natijasida:

  • ştatlar sonini qisqartiriş hisobiga 1,5 trln söm;
  •  avtotransport vositalari sonini qisqartiriş hisobiga (şu jumladan, yoqilği-moylaş, şinalarni almaştiriş xarajatlari) 70 mlrd söm budjet mablağlari iqtisod qilinmoqda.

Vazirlik va idoralarda xodimlarning umumiy çeklangan soni 56 573 nafar etib belgilanmoqda.

Vazirlik va idoralarning nobudjet mablağlaridan qöşimça boşqaruv ştatlarni kiritiş qat’iyan taqiqlanmoqda.