Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ko‘chmas mulkni garovga qo‘yish arzonlashadi
Ko‘chmas mulkka nisbatan garov huquqini ro‘yxatga olishda davlat xizmati narxi 2 baravarga kamaytirilishi kutilmoqda. Shuningdek, tadbirkorlarni E-aktiv'ga majburlash qonunchilikdan chiqarib tashlanadi. Kadastr hujjatlarini ro‘yxatdan o‘tkazmagan nogironligi bo‘lgan shaxslarga soliq imtiyozi beriladi.
Foto: Fotolia
“Qonunchilikdagi huquqiy bo‘shliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan farmon asosida, amalda o‘z ahamiyati va dolzarbligini yo‘qotgan 800 ga yaqin qonunchilik hujjatlari “tartibga solish gilotinasi” orqali bekor qilinadi.
Farmon bilan quyidagilarni nazarda tutuvchi Tadbirkorlik va boshqa sohalardagi ayrim majburiy talablarni qisqartirish, tartibga solishni soddalashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tasdiqlandi:
- tadbirkorlar uchun moliyaviy operatsiyalarni “E-aktiv” tizimida aks ettirish majburiyatini bekor qilish;
- ko‘chmas mulkka nisbatan garov huquqini ro‘yxatga olishda davlat xizmati narxini 2 baravarga kamaytirish;
- shaxsiy ehtiyoj uchun respublikaga olib kiriladigan tovarlarning bojsiz olib kirish normalarini to‘liq qayta ko‘rib chiqish;
- yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra ro‘yxatdan o‘tkazmagan nogironligi bo‘lgan shaxslarga muqobil hujjatlar asosida soliq imtiyozlaridan foydalanish imkonini yaratish.
Eslatib o‘tamiz, tadbirkorlar uchun E-aktiv tizimini majburiy joriy etish bir necha marta kechiktirilgan, oxir-oqibat voz kechilgan edi.
Mavzuga oid
08:47 / 19.03.2026
Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash tartibi belgilanmoqda
10:16 / 18.03.2026
Ko‘chmas mulk bozorida faollik oshdi, narxlar mo‘’tadil o‘smoqda
12:18 / 17.03.2026
O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozori: narxlar qanday o‘zgaryapti?
17:30 / 06.03.2026