Tahlilçilar 2023 yil yakunlari böyiça Özbekistondagi korrupsiyaga qarşi kuraşiş darajasini 100 balldan 33 ballga baholagan. Bu – bir yil oldingiga qaraganda 2 ballga yuqoriroq.

Avvalgi yillarda Özbekistonning örni:

  • 2022 yilda 126-örin;
  • 2021 yilda 140-örin;
  • 2020 yilda 146-örin;
  • 2019 yilda 153-örin;
  • 2018 yilda 158-örin.

Korrupsiyani seziş indeksi 1995 yildan buyon e’lon qilib kelinadi. Bu – davlat tizimida korrupsiyaning qabul qiliniş darajasini aks ettiruvçi hamda ekspertlar va işbilarmonlar sörovi asosida şakllanuvçi 13 ta manbadan taşkil topgan har yillik indeks hisoblanadi. Mezonga köra, 0 ball – korrupsiyani qabul qilişda eng yuqori körsatkiç, 100 ball – eng past şkala hisoblanadi.

2022 yil yakunlari böyiça reytingda korrupsiya darajasi eng past mamlakatlar sifatida quyidagilar körsatilgan:

1. Daniya – 90 ball;

2. Finlandiya – 87 ball;

3. Yangi Zelandiya – 85 ball;

4. Norvegiya – 84 ball;

5. Tsingapur – 83 ball;

6. Şvetsiya – 82 ball;

6. Şveytsariya – 82 ball;

8. Niderlandiya – 79 ball;

9. Germaniya – 78 ball;

10. Lyuksemburg – 78 ball.

Sobiq SSSR mamlakatlari orasida korrupsiya darajasi eng past davlat – Estoniya (reytingda 12-örin). Litva 34 -, Latviya 36-, Gruziya 49-örinni egallagan. Belarus 98-, Ukraina 104-, Rossiya 141-örinda qayd etilgan.

Markaziy Osiyo davlatlaridan Qozoğistonda 93-, Qirğiziston 141-, Tojikiston 162-, Turkmaniston 170-örinda.