Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Yashil texnologiya”larni joriy qilish bo‘yicha ekologik reyting yuritiladi
2025 yildan boshlab shakllantiriladigan investitsiya dasturlari, tarmoq, sohalar va hududlarni rivojlantirish bo‘yicha yangi loyihalarning 10 foizi, 2027 yildan boshlab – 25 foizi, 2030 yildan boshlab – 50 foizi “yashil komponentlar” bo‘lishi lozim.
Prezidentning “O‘zbekiston–2030 strategiyasini Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmoni jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.
Belgilanishicha, 2025 yilda ekologik barqarorlikni ta’minlovchi hududlar va tarmoqlararo muvofiqlashtirishni ta’minlash borasida:
- 2025 yildan boshlab shakllantiriladigan investitsiya dasturlari, tarmoq, sohalar va hududlarni rivojlantirish bo‘yicha yangi loyihalarning 10 foizi, 2027 yildan boshlab – 25 foizi, 2030 yildan boshlab – 50 foizi “yashil komponentlar” bo‘lishi lozim;
- davlat organlari va tashkilotlar hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ishlab chiqiladigan uglerod neytralligiga erishish, iqlim o‘zgarishiga moslashish, atrof-muhitni asrash, yashillik darajasini oshirish va “yashil loyihalar”ni amalga oshirishga qaratilgan “yashillik dasturlari” Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlanadi;
- har yili davlat organlari va ijtimoiy obektlarning atrof-muhitga salbiy ta’sirini kamaytirish, resurslardan oqilona foydalanish va “yashil texnologiya”larni joriy qilish bo‘yicha ekologik reytingi yuritib boriladi.
Mavzuga oid
20:56 / 06.07.2026
O‘zbekistonda uyushgan jinoyatchilik darajasi past, ammo muammolar saqlanib qolmoqda - tadqiqot
08:43 / 06.07.2026
Dunyoning eng yirik iqtisodiyotlari reytingi e’lon qilindi
20:55 / 25.06.2026
O‘zbekiston bola huquqlari xalqaro reytingida 96-o‘rinni egalladi
08:30 / 24.06.2026