Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryo viloyatining Bandixon tumani qayta tashkil etiladi
Surxondaryo viloyati
Surxondaryo viloyatining Bandixon tumanini qaytadan tiklanadi. Vazirlar Mahkamasining bu haqdagi tegishli qarori loyihasi muhokama uchun e'lon qilindi.
Hujjatga ko‘ra, Surxondaryo viloyatining Bandixon tumani qayta tiklanib, Qiziriq va Boysun tumanlari chegaralari o‘zgartirilishi mumkin.
Surxondaryo viloyati Qiziriq tumani hududidagi “Bandixon”, “Bektepa”, “Obod turmush”, “Polvontosh”, “Saroy”, “Birdamlik”, “Chinor”, “Paxtakor”, “Navbahor”, “Farovon”, “Bahoriston”, “O‘rg‘ilsoy”, “Gulbog‘”, “Qaldirg‘och”, “Zevar”, “Xo‘jaipok”, “Obod yurt” hamda “Bag‘ri keng” mahalla fuqarolar yig‘inlarini (umumiy yer maydoni 20531 gektar) hamda Boysun tumanining “Sayrob” va “G‘ayrat” massivlaridan (umumiy yer maydoni 17360 gektar) qayta tiklanayotgan Bandixon tumani tarkibiga o‘tkaziladi.
Surxondaryo viloyatining Qiziriq va Boysun tumanlari hududidan Bandixon tumani hududiga o‘tkazilayotgan yer maydoni chegaralarining tavsifi va chizma shakllari tasdiqlanadi.
Eslatib o‘tamiz, hukumatning 2010 yil 24 dekabrdagi qarori bilan Surxondaryo viloyatining Bandixon tumani tugatilib, uning hududi Qiziriq tumaniga birlashtirilgan.
Mavzuga oid
15:09 / 19.02.2026
Surxondaryoda giyohvandlik moddasi bilan ushlanganlar 15 yilga qamaldi
08:18 / 09.02.2026
Surxondaryoda ekologiya bo‘limi rahbari 500 dollar pora bilan ushlandi
18:30 / 25.01.2026
Afg‘onistondan keltirilgan oltinlar Surxondaryoda qayta ishlanmoqda
18:21 / 17.01.2026