20:47 / 30.12.2019
0
8678

Markaziy bank xalqaro pul o‘tkazmalari ishlamayotgani bo‘yicha izoh berdi

Markaziy bank axboroti xalqaro pul o‘tkazmalari tizimlari bayram oldi kunlari faoliyat yuritmayotgani to‘g‘risida tarqalgan xabarlarga munosabat bildirib, xalqaro pul o‘tkazmalari tizimlari faoliyati yuzasidan izoh berdi.

«Ayrim banklardagi xalqaro pul o‘tkazmalari bilan bog‘liq yangi yil oldi uzilishi holatlari, xorijiy davlatlardagi bayram ta'tillari munosabati bilan xalqaro pul o‘tkazmalari operatorlarining cheklangan faoliyati bilan izohlanadi.

Banklar tomonidan aholiga xalqaro pul o‘tkazmalari faoliyatidagi uzilishlariga oid e'lonlar amalda oldindan berib boriladi.

Ta'kidlash joizki, amaliyotda xalqaro pul o‘tkazmalari yangi yil oldi bayram kunlari faoliyat yuritmasligi odatiy hol bo‘lib, ushbu holat har yil yakunida kuzatiladi.

Shu bilan birga hozirgi kunda zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalanilish va xizmatlar ko‘lamini kengaytirish maqsadida, ayrim banklar tomonidan onlayn xalqaro pul o‘tkazmalari xizmati yo‘lga qo‘yilgan va ulardan masofadan turib istalgan vaqtda mobil dasturlar orqali foydalanish imkoniyati yaratilganligini qayd etamiz», deyiladi xabarda.

Bundan avvalroq Kun.uz saytida banklarda xalqaro pul o‘tkazmalari ishlamayotgani, ko‘pchilik sarson bo‘lib uyga quruq qaytayotgani haqida murojaat e'lon qilingandi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top