Bugun, 30 dekabr kuni bir bir neça nafar fuqaro Kun.uz tahririyatiga qönğiroq qilib, banklarda xalqaro pul ötkazmalari işlamayotgani, köpçilik sarson bölib uyga quruq qaytayotgani haqida murojaat qilişdi.

Vaziyatga aniqlik kiritiş maqsadida Samarqand şahrida joylaşgan bir neçta bankda böldik.

«Aloqabank» Samarqand filialida bölib bank xodimlariga xalqaro pul ötkazmasi masalasida uçraşganimizda bu xizmat 26 dekabrdan buyon işlamayotganini ma'lum qilişdi.

Yangi yil oldi bu masalada kelayotgan fuqarolar soni köpligi uçun bölsa kerak quyidagi e'lon ham osib qöyilgan:

E'londa közda tutilgan «2019 yilni muvaffaqiyat bilan yakunlaş maqsadida» deganda nima nazarda tutilgan? Agar bu zarur vaqtda fuqarolarga kerakli xizmat körsatmaslik evaziga qandaydir natijaga erişiş bölsa, buni aksinça, katta muvaffaqiyatsizlik deb baholaş mumkin. Sababi şundoqqina bank taşqarisida pul ötkazmalari işlamayotgani uçun «endi uydagilarga nima deyman?» deb ötirgan mijoz bankdan rozi bölmasligi aniq.

Nurobod tumanidan kelgan fuqarolardan biri Milliy bank viloyat bölimida ham xuddi şu ahvol ekanini aytdi.

Bu bankda bölganimizda xodimlar xalqaro pul ötkazmalari işlamayotganini ma'lum qilib, qölimizga quyidagi qoğozni tutqazişdi:

Milliy bank viloyat filiali mas'ullari esa muammoni inkor etişdi. Ular xalqaro pul ötkazmalari işlayotgani haqida aytişdi.

Qiziq holat şuki, fuqarolar bu bankda xalqaro pul ötkazmalari işlamayotganidan norozi, ular pul ololmayapti, bank xodimi «Perevod net!» deb yozilgan e'lonni öz qöli bilan bermoqda, Samarqand viloyat Markaziy bank boş boşqarmasi vakili ham Milliy bank viloyat bölimidan 27 dekabrdan buyon xalqaro pul ötkazmalari işlamayotganini tasdiqladi. Ammo bank rahbari «işlayapti!» degan gapida sobit. Mijozlarning pul berasizlarmi degan gapiga «kodi bizning manzilga töğri kelsa böldi», deb turibdi. Tuşunarsiz holat.