20:48 / 13.04.2020
16096

Nyu-York meri koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yaxshilanganini bildirdi

Nyu-York shtatida koronavirusga chalinganlar soni 180 mingdan ortiq bo‘lib, birgina Nyu-York shahrida 7 mingga yaqin kishi vafot etgan.

Nyu-York ko‘chalari bugun / Foto: Reuters

Nyu-York meri Bill de Blazio kasalxonaga yotqizilgan bemorlar va koronavirusga chalinishlar soni kamayganligini ma'lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 11 aprel kuni Nyu-York kasalxonalariga koronavirusga gumon qilinib 383 kishi yotqizilgan. 

"Bundan bir kun oldin ularning soni 463ta edi – bu sezilarli yaxshilanish, to‘g‘ri yo‘nalishdagi qadam", - dedi de Blazio.

Blazioning aytishicha, intensiv davolash bo‘limlaridagi bemorlar soni 11 aprel holatiga 835 nafarni tashkil etgan, 10 aprel kuni ular 857 nafar bo‘lgan.

So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, Nyu-York shtatida koronavirusga chalinganlar soni 180 mingdan ortiq bo‘lib, birgina Nyu-York shahrida 7 mingga yaqin kishi vafot etgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top